Propiska va hisobga oliş tartibidagi yangi özgarişlar

Matn25-oktabr, 2018, 20:101 daqiqa0 koʻrish

Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali propiskaga oid yana ayrim özgarişlar haqida tuşuntiriş berdi.

Eng muhimlari:

👉 turgan joyi böyiça hisobga olinmaganligi yoki doimiy propiskada turmaganligi fuqaroga xizmat körsatişni rad etiş uçun asos deb hisoblanişi mumkin emas (yaʼni propiskang yöq ekan deb, masalan poliklinikadan qaytarib yuborilmaydi);

👉 köpçilik sörayotgandi, endi 1 sömga uy olsa ham propiskaga kiriş mumkin bölsa, oldi-sotdi şartnomasini notariusdan rasmiylaştirişda davlat boji qança böladi, deb. Vazirlikning bergan izohiga köra, har qanday summadagi oldi-sotdi vaqtida davlat boji eng kam iş haqining 10 baravaridan kam bölişi mumkin emas;

👉 Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga mavsumiy iş bilan şuğullanişga (quriliş, qişloq xöjaligi va boşqalar) kelgan fuqarolardan vaqtinça hisobga turiş uçun turar joy maydoni beriş töğrisidagi ariza va uy-joy hujjatlarining nusxasi talab etilmaydi. Bunda mavsumiy iş haqida şartnoma yoki mavsumiy iş beruvçining arizasining özi kifoya. Bundan uşbu toifadagi şaxslar noturar joylarda ham hisobga olinişi mumkin. Bu masalada ayniqsa quruvçilar juda qiynalişardi. Obyektda işlayotgan işçilarni "uçastkovoy" olib ketaverib, rosa bezor qilardi. Endi ança osonlaşibdi;

👉 Toşkent şahri va Toşkent viloyatida vaqtinça hisobga turiş uçun turar joyni yoxud uning bir qismini ijaraga oliş (tekin foydalaniş) töğrisida notarial tasdiqlangan şartnomaning nusxasini taqdim etiş şartligi böyiça talab bekor qilindi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek