Propiskani qatʼiylaştiriş haqidagi qaror loyihasi öçirildi
Propiskani qatʼiylaştiriş haqidagi qaror loyihasi portaldan öçirib taşlanibdi
Keçagi qizğin muhokamalardan keyin, bir neça kişi yangi uy sotib olib, propiskaga kirmoqçi bölganlarning HAR BIRI davlat bojini alohida tölaşi haqidagi Adliya vazirligi eʼlon qilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi portaldan öçirib taşlanibdi.
https://regulation.gov.uz/uz/document/2990
Uşbu manzilga kirsangiz, quyidagiça yozuv çiqmoqda:
Not Found (#404)
Bunday sahifa mavjud emas
Qiziq, hukumatdagilar xalqni bunday qiynaş mumkin emasligini tuşunib yetişdimikin yoki maşhur özbek filmidagi kabi «Körasizlar, hali biz qaytamiz, qöşin tortib qaytamiz» deyişmoqçimikin, bunisi menga qoronğu.
Nima bölganda ham Sizlarni uşbu kiçik ğalaba bilan tabriklayman. Qonunlari ustuvor davlatga aylanişda davom etaylik, ilohim.
👉 @xushnudbek 👈

