Adliya vazirligi jamoatçilik muhokamasi böyiça pozitsiyasi

Matn15-aprel, 2022, 08:571 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:bakiroo

​"Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatçilik muhokamasiga joylaştirilişi şartligi haqida talab mavjud emas"

Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatçilik muhokamasi masalasida özining pozitsiyasini oçiqlagan.

Vazirlikka köra, “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonunda işlab çiquvçi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari regulation.gov.uz portalida jamoatçilik muhokamasini ötkaziş uçun qonunçilikda belgilangan tartibda joylaştirilişi nazarda tutilganligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatçilik muhokamasiga joylaştirilişi şartligini anglatmaydi. Boşqaça aytganda, bizningça, "qonunçilikda belgilangan tartibda" oboroti bunday majburiyatni tanlama asosda çetlab ötişga imkon beradi.

Şuningdek, vazirlik qanday hujjatlar jamoatçilik muhokamasidan ötkazilmasligi holati 15.03.2021-yildagi 5025-son qarorda belgilanganligiga eʼtibor qaratgan. Demak, quyidagi hollarda loyihalar jamoatçilik muhokamasidan ötkazilmaydi:

– favqulodda vaziyatlarning oldini oliş yoki ularning oqibatlarini bartaraf etiş, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalişining oldini oliş böyiça çeklovçi tadbirlarni belgilaşga qaratilgan loyihalar;

– yangi qabul qilingan qonunçilik hujjatlarining talablariga muvofiqlaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalarni nazarda tutuvçi loyihalar;

– tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir körsatişni nazarda tutmaydigan loyihalar.

Vazirlik şuningdek, öz pozitsiyasini himoyalaş uçun jamoatçilik muhokamasiga manzilli yondaşuv (aslida tanlama yondaşuv) xorijiy davlatlar amaliyotida qöllanilişiga eʼtibor qaratgan.

Şunday namuna ölaroq Rossiya va Belarus tajribasi keltirilgan (no comment). Şimoliy Koreya misoli namuna keltirilmaganiga ham rahmat.

  • 👍 382
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Tasadduq, yo Rasululloh: Suroqa ibn Molik

    012 daqiqa

Yana oʻqing