Stikersiz yuriş huquqi va hujjatlarni qalbakilaştiriş
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov stikersiz yuriş huquqi berilgan taşkilotlar va ularning xodimlari haqida izoh berdi:
«Bitta narsani aytib ötişimiz kerak, bu katta huquq emas. Faqat iş joyiga borib, iş joyidan uyga keliş nazarda tutilyapti. Çunki asosiy maqsad köçalarda maşinalarning bölmasligi, karantin qoidalarga juda qattiq rioya qilinişini taʼminlaş.
Uşbu taşkilotlarning xodimlari özlari bilan mehnat daftarçasining nusxasi va iş joyidan tasdiqlovçi hujjat ham yonida bölişi kerak.
Çunki biz bilamiz, suiisteʼmolçiliklar holati ham, korxonalar yolğondan "bu bizning xodimimiz" degan maʼlumotlarni beriş amaliyoti ham yöq emas.
❗️Oldindan hammani ogohlantiramiz: bu hujjat qalbakilaştirişga kiradi! Buning uçun töğridan-töğri jinoiy javobgarlik belgilangan. Ozodlikdan mahrum qiliş jazolari belgilangan. Ayniqsa bugungi murakkab şaroitda agar şunday holatlarga kim yöl qöyadigan bölsa, qattiq javobgarlikka tortiladi.»
👉 @xushnudbek 👈


