Ruslanbek Davletov transport cheklovlariga izoh berdi
Avtotransport qatnovini çeklaşga oid qaror böyiça Adliya vaziri Ruslanbek Davletov izoh berdi:
«Hurmatli fuqarolar!
Avtotransport qatnovini çeklaş, bu bugungi şaroitda respublikada koronavirusni tarqalişining oldini olişga qaratilgan juda keskin çora. Bunday çorani bugungi kundagi şaroit taqozo etmoqda. Albatta bu noqulaylik tuğdiradi. Lekin bu eng maqbul va samarali yöldir. Şuning uçun barçamiz yangi talablarga moslaşişimiz zarur.
Şaxsiy hayot va huquqlar bilan soliştirganda jamiyat manfaatlari va kelajagi har doim birinçi örinda turadi.
Agar har xil yöllar bilan, öylab topilgan sabablar bilan haydovçilar yana köçaga intilsa, unbu bu karantin samarasi juda past böladi».
👉 @xushnudbek 👈


