Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Respublikada karantin çeklovlari kuçaytirildi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Respublika maxsus komissiyasi AXBOROTI

Aholi örtasida koronavirus infeksiyasining tarqaliş zanjirini uziş maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 13-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida qöşimça ravişda quyidagi karantin çeklovlari kiritildi:

👉 sartaroşxona va gözallik salonlari faoliyati töxtatiladi;

👉 mahalliy (içki) aviaqatnovlar va temir yöl qatnovi töxtatiladi;

👉 65 yoşdan oşgan şaxslarga “özini özi yakkalaş” hayot tarziga qatʼiy rioya etiş hamda sababsiz uydan taşqariga çiqmaslik tavsiya etildi.

❌ Şuningdek, joriy yil 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (şanba va yakşanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlaniş, avtotransport vositalarining, şu jumladan, yönalişsiz taksilarning harakati töliq töxtatiladi.

✅ Mazkur çeklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

❗️18-19-iyul hamda 25-26-iyul (şanba va yakşanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:

aholiga – “özini özi yakkalaş” hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda öz uylarida qoliş;

davlat organlari va muassasalari, xöjalik birlaşmalari hamda boşqa taşkilotlarga – xodimlarni işga jalb etmaslik, xodimlarning uşbu kunlarda uyda qolişi uçun şaroit yaratiş.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek