Özbekistonda töylar va köngiloçar maskanlar faoliyati töxtatildi
⚡️RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI: 23-martdan töylar töxtatiladi
Koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Bu haqda Koronavirus Info kanali xabar bermoqda.
Mamlakatimiz hududida bemorlar yoki kasallikka şubha qilingan şaxslarni öz vaqtida aniqlaş va respublika böylab kasallikni tarqalişini oldini oliş maqsadida, şuningdek majlisda körilgan boşqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasi yiğilişining qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, 21-martdan eʼtiboran barça hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud köngil oçar obyektlar, şu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, çoyxona, oşxona (uyga eltib beriş xizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, çilim (kalyan) markazlari va kompyuter öyinlari xizmatini körsatuvçi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan boğliq epidemiologik holat barqarorlaşgunga qadar töxtatiladi.
Şuningdek, 23-martdan boşlab «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida»gi Qonunga muvofiq mamlakatimiz fuqarolarini soğliğini himoya qiliş maqsadida töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosim singari ommaviy tadbirlar ötkazilişi bekor qilinadi.
Uşbu marosimlarni zarur bölgan taqdirdagina ixçam holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kişi iştirokida ötkaziş tavsiya etiladi.
Majlisda ayni paytda çet ellarda bölib turgan fuqarolarni mamlakatimizga qisqa vaqtlar içida olib keliş va ularni belgilangan tartibda 14 kun karantinda saqlaş yuzasidan körilayotgan çoralar atrofliça muhokama qilindi.
👉 @xushnudbek 👈
