Yangi pasport olgan abituriyentlar röyxatdan ötişda muammoga duç kelmoqda

Matn10-iyul, 2020, 09:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yangi pasport olganlarning muammosi haqida

Keça brifingda jurnalistlar tomonidan bir savol berildi. Yaʼni şu keça-kunduzda pasport olgan yoşlar onlayn röyxatdan ötişda muammoga duç kelayotgani, ularning şaxsiy maʼlumotlari bazadan çiqmayotgani haqida söraldi.

Oliy va örta maxsus taʼlim vaziri bu haqda maʼlumotga ega emasligini, agar kimda pasport bölsa, muammo bölmasligini taʼkidladi.

Umuman olganda bu savol vazirga berilişi kerak emasdi. Çunki onlayn röyxatdan ötiş jarayonlariga vazirlik deyarli aralaşayotgani yöq, bunga Davlat test markazi masʼul.

Aslida esa, uşbu muammo - bor! Haqiqatdan şu yaqin kunlarda pasport olgan ayrim yoşlar onlayn röyxatdan öta olmayapti, çunki yangi pasportning maʼlumotlari bazaga kiritilmagan.

Bu böyiça DTM rasmiylari bilan boğlandim, ular bu masala DTM saytiga aloqasi yöqligini, muammo Davlat personallaştiriş markazining bazasi bilan boğliqligini, agar pasport maʼlumotlari bazaga kiritilsa, heç bir tösiqlarsiz onlayn röyxatdan ötiş mumkinligini maʼlum qilişdi.

Uşbu muammoga duç kelayotgan yoşlar pasport stollariga borib, "Nega mening pasportimni bazaga kiritmadingiz?" degan savollar bilan ularga eʼtirozlarini bildirişayotgan ekan.

Şu sababli IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi rasmiy vakili bilan boğlanib, uşbu masalaga izoh sörab kördim. Vakilning taʼkidlaşiça, uşbu masala pasport stollarga, içki işlar tizimiga boğliq emas. Çunki fuqarolik pasportidagi maʼlumotlar bilan işlaş Davlat personallaştiriş markazining vakolatiga kiradi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi bilan aynan qanday muammo çiqyapti, aniq bilmadimu, lekin hozirgi şaroitda pasport olgan yoşlarning maʼlumotlarini tezroq bazaga kiritişsa yaxşi bölardi. Çunki ular 20-iyulgaça röyxatdan ötişga ulgurişlari kerak.

Davlat qabul komissiyasi uşbu masalani nazoratga oladi degan umiddaman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek