Karantin örinli: aholini qöllab-quvvatlaş masalasi

Matn9-iyul, 2020, 22:323 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Karantin örinli

20 kunlik kuçaytirilgan karantin, qançalik oğir bölmasin, hozirgi şaroitda eng töğri yöl bölib turibdi. Davlatni istagança tanqid qiliş, qoralaş mumkin, bu işni hammamiz qilayapmiz ham. Lekin hammaning hayoti öziga şirin. Xudo körsatmasin, virus biror yaqinimizni olib ketganda, kimnidir aybdor qilişda maʼno qolmaydi. Hayotingiz uçun faqatgina özingiz qayğuradigan payt. Nafaqat virus, erta-indin közi yorişi kerak bölgan minglab homilador ayollar, muntazam tibbiy yordam olişi kerak bölgan minglab bemorlar ham yuragini hovuçlab ötiribdi. Zarur paytida roddom yopiq bölsa yo joy bölmasa, hayotiy zarur davolaniş uçun tibbiy yordam oladigan kasalxona boşqa bemorlar uçun ajratilgan bölsa — bu öşa insonlar uçun fojiadek gap. Özing uçun öl yetim holati. Çunki kasallik avj olsa va boşqaruvdan çiqib ketsa, it egasini tanimay qoladi. Bu masalaning birinçi tarafi.

Ikkinçi masala. Kuçaytirilgan karantin şaroitida qiyin ahvolga tuşib qolgan aholini qöllab-quvvatlaş masalasi yana kun tartibiga çiqdi. Töğri, pişiqçilik — mart, apreldagidek vahimali emas. Lekin daromadsiz, pulsiz ötirgan oilalar baribir davlatdan heç qursa 500 ming sömdan yordam olişi kerak. Eng muhimi, hukumat 20 kunlik karantin davri uçun ijtimoiy kömak masalasi qanday bölişini oçiqlaşi, aytişi lozim. Şu paytga qadar heç kim bu haqda gapirmayapti. Xalqqa mujda va yordam berilişi kerak. Quruq gap bilan çegaralanmaslik kerak. Modomiki odamlarga yordam berilmas, bunday yordam berilişini davlat baralla aytmas ekan, odamlarda umidsizlik paydo böladi, ijtimoiy keskinlik yuzaga keladi, aholi kayfiyati yomonlaşadi. Aholining kayfiyati örganilişi, tezkor reaksiya bildirilişi lozim. Heçqisi yöq, 20 kun ötib ketadi, degan tasavvurga berilmaslik kerak. Odamlar hali hukumatga köp kerak böladi.

Aholiga yordam berişning Qozoğiston, Rossiya variantlarini qöllaş maqsadga muvofiq. Masalan, Rossiyada ijtimoiy yordamning asosiy qismi — bolalar prinsipi orqali tarqatildi. Natijada birgina iyul oyining boşida 16 yoşgaça bölgan 28 million bola uçun yordam puli berildi. Qozoğistonda esa karantin tufayli daromad yöqotilişi asos böldi. Yordam töğridan-töğri murojaat orqali (onlayn, oflayn) ortiqça byurokratiyasiz fuqarolarning hisob raqamiga taşlab berildi.

Nazarimizda, bizning hukumat ham Inqirozga qarşi çoralar jamğarmasining ozgina qismini muhtoj odamlarga yönaltirişi kerak. Şundoq ham jamğarma mablağlari monopollar, şubhali taşkilotlarga berilmoqda, ayrim taşkilotlar tomonidan ajratilgan mablağlar talon-toroj qilinayotgani haqida ham vaqti-vaqti bilan öqib turibmiz. Baribir jamğarmaga jalb qilingan mablağlarni kelajakda xalqimiz çöntagidan qaytariladi. Şunday ekan muhtoj odamlarga pul berilişi töğri, örinli va adolatli qaror böladi. Harqalay şundagina odamlarimiz yegan somsasiga pul tölagan böladi. Mabodo ertaga pul tarqatişda 500-1000 ta firibgarlik holati aniqlangan taqdirda ham fojia emas. Öşanda ham nafsi hakalak otgan ayrim mansabdorlar talon-taroj qilayotgan summadan kam bölsa kerak.

Şu örinda yana bir gap. Muhtoj oilalarga yordamni oziq-ovqat, şundoq ham sillasi quriyotgan tadbirkorlar hisobidan amalga oşirmaslik kerak. Böldi, ular çarçadi.

Albatta, bularning barçasi IMHO.

@davletovuz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek