Behzod Hoşimov bilan iqtisodiy inqiroz haqida suhbat
Behzod Hoşimov tomonidan aytilgan iqtiboslar (1-qism)
Köpçilikning talab va istaklariga binoan, AQŞning Viskonsin universiteti doktoranti, iqtisodçi Behzod Hoşimov bilan bölgan suhbatimizning eng muhim joylarini matn körinişida berib boramiz. Suhbatning töliq videosini mana bu yerdan körişingiz mumkin:
PANDEMIYADAN KEYIN BIZNI NIMA KUTIB TURIBDI?
• Iqtisodiy jihatdan misli körilmagan qisqariş kutib turibdi. Masalan, 3 haftada AQŞda 16 mln nafar insonlar işsizlik suğurtasiga ariza topşirgan. Bu degani haqiqiy işsizlar soni bundan ham köp degani, bu faqat ariza berganlar xolos. Soliştiriş uçun 2008-yilgi buyuk repressiyada 800-900 ming bölgan. Şundan biliş mumkinki, iqtisodiy zarar katta böladi, kambağallik oşadi, insonlar AQŞda ipotekasini tölay olişmaydi, uyidan haydalişadi, ijaralarini tölay olişmaydi. Bu birlamçi zarar;
• ikkilamçi zararga töxtalsak, inson resurslari, mehnat kapitali böş qoladi, insonlarning psixologik va fizik soğliğiga katta salbiy taʼsir qiladi;
• iqtisodiy zararlarning kölami qay darajada katta yoki kiçik bölişiga, pandemiya qança davom etişiga boğliq.
• iqtisodçilarni yuraksizroq odam desangiz ham aytaman, iqtisodçilar inson hayotiga narx qöyişgan. AQŞda vazirlikka qarab, bitta inson hayotiga 7-12 mln dollar atrofida narx qöyişgan. Agar mabodo koronavirusdan AQŞning 1%i aholisi ölsa, uni örtaça 10 mln dollarga köpaytirsak, misli körilmagan zarar böladi;
• Çikago universiteti professori Luidji Zingalesning fikriça, agar AQŞda heç narsa qilinmaganda iqtisodiy zarar 66 trln dollar bölardi. AQŞning yalpi içki mahsuloti har yili taxminan 20 trln.ga teng. Yaʼni bu degani agar AQŞ heç qanday çora körmaganda koronavirusdan keladigan iqtisodiy zarar butun AQŞ iqtisodiyoti bir yilda işlab çiqaridigan miqdordan 3 baravar kattaroq bölardi;
• şu sababli ham iqtisodçilar iqtisodiyotni «butunlay öçirib qöyiş»ni, yaʼni hamma uyiga kirib, ötirib, karantin tugaşini kutişini qöllab-quvvatlaşadi. Va men ham bu raqamlarni kördim hamda men ham bu fikrga qöşilaman.
ÖZBEKISTON HUKUMATI NIMA QILIŞI KERAK?
• Özbekistonda norasmiy iş örinlari rasmiysiga qaraganda köproq. Yaʼni umumiy mehnatga layoqatli aholi soni 18,9 mln kişi bölsa, şundan rasmiy iş joyiga ega bölib, soliq tölaydigan aholi, agar adaşmayotgan bölsam, 2019-yilda 5,6 mln kişi edi. Qolganlar norasmiy sektorda mehnat qiladi. Norasmiy sektorning hajmi rasmiyga qaraganda salkam 3 baravar katta. Bu degani hozir hammaga qiyin, lekin norasmiy sektordagilarga ayniqsa köproq qiyin. Masalan, kunbay işlaydigan mardikorlar, taksiçilar, yuk taşiydiganlar, farroşlar, bozorda mehnat qiladiganlar, xullas ular million-million kişi. Ular kunlik daromaddan qolişdi. Şu sababli ularga köproq qiyin va şuning uçun ularga yordam beriş kerak;
• qanday yordam beriş kerak? Bu yaxşi savol. Masalan, AQŞ har bir soliq tölovçiga 1200 dollarlik çek yuborişga qaror qilişdi va har bir farzand uçun 600 dollarlik çek. Yaʼni oilada ota-ona va 4 nafar farzand bölsa, demak jami 4800 dollar yuborişmoqda. Albatta AQŞning puli köproq, bu loyihaga 2 trln dollar mablağ ajratişdi. AQŞ boy mamlakat, ular bilan soliştiriş noörin;
• Hindistonda ham har bir fuqaroga pul berişni muhokama qilişmoqda. Yoki oyiga, yoki 2 haftada, yoki 1 haftada har bir fuqaroga 7 dollardan berişni muhokama qilişmoqda, hali bir qarorga kelinmadi;
• mening fikrimça, Özbekistonda uy xöjaliklaridan kelib çiqib, farzandlari köp, iş joyi tayin bölmagan, eng kambağal taxminan 5 millionta uy xöjaliklariga töğridan-töğri moliyaviy yordam beriş kerak. Masalan, 5 millionta uy xöjaligiga taxminan 100 dollardan bersak ham, 500 mln dollar böladi, bu hozirgi Özbekiston şaroitida uddalasa böladigan vazifa;
• odamlarning qöliga pul beriş, boşqa joylarda pul sarflaşdan köra afzalroq. Yaʼni davlat kompaniyalarini qutqarişdan köra, ularning qarzlarini yopişdan köra, umuminsoniy prinsiplari böyiça qiynalgan özbekistonliklarni qutqariş afzalroq. Bu inqirozdan çiqiş uçun ham yaxşiroq tanlovdir.
👉 @xushnudbek 👈

