Budjet taşkilotlari xodimlariga baʼzi tölovlar tölanmaydi
❗️Budjet taşkilotlari xodimlariga baʼzi tölovlar tölanmaydi
Vazirlar Mahkamasining 16-apreldagi 232-sonli qarori imzolandi.
Qarorga köra, respublika byudjeti salkam 3 trln sömga va budjet tizimi resurslari 2,1 trln sömga, mahalliy byudjetlar qariyb 1 trln sömga maqbullaştiriladi (JAMI - 6,1 trln söm), ikkinçi çorakda sarflanişi kerak bölgan qariyb 3,2 trln sömlik xarajatlar ikkinçi yarim yillikka ötkaziladi.
Şuningdek, qarorga binoan:
👉 budjet taşkilotlarida işlaydigan xodimlarga 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktabriga qadar moddiy rağbatlantiriş maxsus jamğarmasi hamda direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan tölovlar hisoblanişi töxtatib turiladi. Bu qoida tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq tölaşning 1-3 razryadlari qöllaniladigan xodimlarga tatbiq etilmaydi, yaʼni ularga moddiy rağbatlantiriş davom etaveradi;
👉 budjet taşkilotlari asosiy vositalarni xarid qiliş va kapital taʼmirlaş bilan boğliq xarajatlarni joriy yilning 1-iyuliga qadar töxtatadi va uşbu maqsadlar uçun II çorakda rejalaştirilgan mablağlarni qisqartiradi yoki 2020-yilning ikkinçi yarim yilligiga ötkazadi. Bu çeklov tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari va mehribonlik uylariga taalluqli emas;
👉 budjet taşkilotlari kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qoğoz va boşqa kanselyariya tovarlari xarid qiliş, tadbirlar ötkaziş, joriy taʼmirlaş va boşqa xarajatlarni qisqartiradi;
👉 Özbekiston ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida amalga oşirilayotgan quriliş-montaj işlarini moliyalaştiriş hajmi joriy yilning II çoragida 3,0 trln sömdan oşirilmaydi;
👉 davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, sud, prokuratura, vazirlik va idoralar ikki hafta içida soliqlar, majburiy yiğimlar, bojlar va jarimalar hisobidan jamlanadigan byudjetdan taşqari jamğarmalari hisobida joriy yil 16-aprel holatida mavjud qoldiq mablağlari, şu jumladan, banklardagi depozitlarining milliy va xorijiy valyutadagi qoldiqlarining 50 foizini respublika byudjetiga ötkazadi;
👉 bir oy muddatda ustav kapitalida 50% va undan ortiq davlat uluşi bölgan mavjud aksiyadorlik jamiyatlari — yirik korxonalar kuzatuv kengaşlari tarkibi qayta körib çiqiladi va ular tarkibiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Moliya vazirligi vakillari kiritiladi.
👉 @xushnudbek 👈

