AQŞ karantin davrida aholiga naqd pul tölamoqda

Foto17-may, 2020, 23:001 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

AQŞ hukumati karantin davrida örnatilgan çeklovlar sabab muammolarga duç kelgan aholisiga yordam sifatida naqd pul tölaydigan böldi. Bunda kattalar uçun har bir fuqaroga 1200 dollar, bolalarga 500 dollar (bunda aholininng yillik daromadi 75 000 dollardan oşmasligi kerak, daromad oşgan sari tölov summasi kamayib boradi).

Mutaxassislarga köra, töğridan-töğri naqd pul beriş inqiroz davrida isteʼmolni qöllab-quvvatlaş uçun eng yaxşi vosita, çunki bu iqtisodiyotga zararning taʼsirini kamaytiradi. Tadqiqotlarda aytilişiça, oilalarga tölangan har bir dollar ularning isteʼmolini 0,29 dollarga oşirdi, birinçi kunlarda xarajatlar 1,5-2,5 baravar oşdi. Yaʼni aholi öziga tölangan pulni xarajatlari uçun sarflamoqda va qaysidir maʼnoda pulni iqtisodiyot uçun qaytarib bermoqda.

Aytgança, pul faqat Amerika fuqarolari uçun emas, balki mamlakat hududida qonuniy asosda yaşayotgan fuqarolarga ham berilmoqda.

Suratda AQŞda yaşayotgan Özbekiston fuqarolari Qodirovlar oilasiga (3 nafar) taqdim etilgan 2 900 dollar naqd pul çeki.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek