Qozoğistonda muhtoj oilalarga 42,5 ming tenge beriladi
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mamlakatda kuçaytirilgan karantin rejimi yana 2 haftaga uzaytirilgani sababli muhtoj oilalarga Hukumat 42,5 ming tengedan (taxminan 1 mln söm) pul berişini maʼlum qildi.
Lekin Tvitterda prezidentning uşbu xabariga norozi bölib javob berayotganlar ham köp. Masalan, ayrimlar nima uçun kam pul berilayotganidan şikoyat qilsa, yana boşqa birovlar nima uçun faqat muhtojlarga berilyapti, axir bir neça oydan buyon işsiz ötirgan qatlam nima qiladi, degan savollarni örtaga taşlamoqda (aytişlariça, aslida işsizlarga ham pul berilayotgan ekan).
Tovba qildim, qozoqlar şunga ham şukr qilişsa bölmaydimi, boşqa davlatlarda xalqqa şu ham berilmayaptiku. Masalan, Qirğiziston yoki Turkmanistonni aytyapmanda...
👉 @xushnudbek 👈


