Nazarboyev Xavfsizlik kengaşi raisligidan ketdi

Matn5-yanvar, 2022, 21:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Nazarboyev Xavfsizlik kengaşi raisligidan ketdi

Qozoğiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev televideniye orqali yana bir bor xalqqa murojaat qildi va Nursulton Nazarboyev Qozoğiston xavfsizlik kengaşi raisi lavozimidan ketganini eʼlon qildi. Endi Xavfsizlik kengaşiga Toqayevning özi rahbarlik qiladi.

Şuningdek, poytaxt Nur-Sulton şahrida ham favqulodda holat eʼlon qilindi.

Ayrim joylarda namoyişlar allaqaçon ommaviy tartibbuzarlikka aylanib ketdi. Qayernidir yoqişgan, qayernidir buzişgan, qayergadir bosqinçilikka kirişgan. Masalan, Olma-otada namoyişçilar öt öçiruvçi maşina hamda tinç aholi avtomobillarini yoqib yuborişgan, bankka bostirib kirib, bankomatdan pul öğirlaşgan. "Mir" telekanaliga bostirib kirib, texnika vositalariga şikast yetkazişgan, telekanal xodimlari evakuatsiya qilingan.

Olma-ota aeroporti ham namoyişçilar tomonidan egallab olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda otişmalar natijasida politsiyaning halok bölayotgani, ommaviy kaltaklanayotgani, yöllarda svetoforlarning yoqib yuborilayotganini köriş mumkin.

Qasim-Jomart Toqayev ham öz murojaatida ham huquqni muhofaza qiluvçi organlar orasida halok bölgan xodimlar borligini taʼkidladi va oila aʼzolariga hamdardlik tiladi. U yana bir bor odamlardan qonunlarga böysunişni, tartibsizliklarni boşlamaslikni, aks holda Prezident sifatida mamlakat tinçligi va hududiy yaxlitligi uçun qatʼiy çoralar körişini taʼkidladi.

Maʼlumotlarga qaraganda, hozirgaça 500 nafardan ziyod insonlar jarohatlangan, 100 dan ortiq dökonlar, 200 ga yaqin umumiy ovqatlaniş punktlari, 120 dan ortiq ofislarga bosqinçilik uyuştirilgan, 100 dan ortiq maşinalar yoqib yuborilgan. Ayrim dökonlar öz eşiklariga katta qilib iltimosnoma ham yozib qöyişmoqda: «Biz ham xalq vakilimiz, xalq bilan birgamiz, faqat iltimos, öğirlik qilmanglar» deb.

Umuman olganda tinç namoyiş maqomidan bosqinçilikka aylangan tartibsizliklarning tovonini oxir-oqibat yana öşa oddiy xalq tölaydi. Barça vayronalar xalq tölagan soliqlar hisobidan tiklanadi. Yoki bosqinçilik va talonçilikdan eng köp jabrni ham xususiy biznes, tinç aholi tortadi. Eng katta amaldorlar yoki oligarxlar imkon bölişi bilan mamlakatdan çiqib ketişadi. Xuddi Nazarboyevning qizi, kuyovi, oila aʼzolari, şuningdek bir neçta qozoq boylari kun davomida şaxsiy samolyotlarida uçib ketişganidek.

Prezident Toqayev tez orada mamlakatni transformatsiya qiliş böyiça yangi takliflar paketini eʼlon qilişga vaʼda berdi. Demak, vaziyat tinçlik sari özgarişiga hali imkoniyat bor.

Yana bir bor umid qilamizki, qardoş qozoq xalqi öz xohiş va irodasi sari tinçlik yöli bilan qadam taşlaydi, köçalardagi ommaviy tartibsizlik, zöravonlik, bosqinçiliklar va eng asosiysi ölim holatlariga çek qöyiladi. Bundan faqat va faqat qozoq xalqining özi yutqazişi mumkin. Mayli, işqilib oxiri baxayr bölsin.

👉@xushnudbek👈

  • 👍 2300
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek