Xavfsiz yordam loyihasi doirasida ayollarga yordam berildi
Mingta taqdir, mingta oila, minglab farzandlar...
Bugun hammaga oğir, buni yaxşi his qilib turibmiz. Ammo farzandlarini yolğiz tarbiya qilayotgan, boz ustiga karantin sababli işsiz qolgan ayollarga yanada qiyin. Ular ayol boşi bilan qayerdan najot topsam ekan, deb qattiq taşvişga tuşgan.
Mana şunday şaroitda Saida Mirziyoyeva taşabbusi bilan «Xavfsiz yordam» loyihasi doirasida yurtimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ming nafar ayollarga plastik kartalar tarqatilib, ularga xayriya mablağlari ötkazib berilibdi.
Tegişli taşkilotlar yordamida Toşkent şahrida 350 nafar, qolgan hududlar böyiça jami 650 nafar ehtiyojmand ayollar röyxati şakllantirilgan.
Loyihaning asosiy ğoyasi aynan karantin davriga mos keladi, yaʼni xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida maksimal darajada kontakt qilmaslik uçun maxsus dizayndagi plastik kartalar işlab çiqilgan. Aytiş joizki, pandemiya şaroitida uşbu xayriya aksiyasi muammoning ham iqtisodiy samarali, ham innovatsion yeçimi bölgan.
Albatta mingta karta bu dengizdan tomçi xolos. Ammo boşqa taşkilotlar ham bu kabi xayrli taşabbuslarni qöllab-quvvatlasa va davom ettirsa, öylaymizki, bugungi sinovli kunlarni birgalikda yengib ötişda xalqimiz uçun katta yordam bölar edi.
Şu örinda quyidagi rolikni tomoşa qilişni tavsiya qilaman, juda ham taʼsirli çiqqan...
