Toşkentda Sardoba uçun insonparvarlik yordami markazi oçildi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganManba:Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Hurmatli toşkentliklar va köngillilar!
Sirdaryo viloyatida röy bergan falokat xalqimizning birdamligini, uning saxovati, rahm-şafqati, yordamga doimo tayyorligini yaqqol namoyon etdi.
Bugun, poytaxtimizning saxiy fuqarolari va mehmonlari tomonidan töplangan insonparvarlik yordamining birinçi karvoni Toşkentdan qöşni viloyatga, yuk maşinalarida yöl oldi.
Biroq asosiy tamoyil – zarar keltirmaslik haqida unutiş mumkin emas.
Koronavirusga qarşi kuraşiş davrida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda, harakat qiliş juda muhim.
Köngillilarning taşabbusini qöllagan holda, Toşkent şahar hokimligi va IIBB Sardoba suv omborida röy bergan töğon yorilişi natijasida talofat körganlar uçun markazlaşgan insonparvarlik yordamini töplaş markazini taşkil qildi.
Har kuni savob kiliş istagi bor har bir fuqaro kiyim-keçak, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlarini “Navröz” restorani yonidagi avtoturargohga (möljal – “Xalqlar döstligi” saroyi) quyidagi tartib böyiça keltirişi mumkin:
- soat 7:00-dan 10:00-gaça va 17:00-dan 20:00-gaça istagi bor barça fuqarolar öz avtomobillarida;
- soat 10:00-dan 20:00-gaça – maxsus stikerlarga ega avtomobillarda.
Bu yerdan siz tomoningizdan yetkazilgan yordam, maxsus ajratilgan avtobuslarda (yuk maşinalarida), barça sanitariya-epidemiologiya meyorlariga rioya qilgan holda Sirdaryo viloyatiga jönatiladi.
Sizdan iltimos, tuşunmovçiliklar, firibgarlik holatlari röy bermasligi uçun pul mablağlarini yiğib hisob raqamlari yoki bank kartalariga jönatmang.
Talofat körgan Sirdaryo viloyat aholisiga yordam körsatiş hisob raqami qöşimça tarzda eʼlon qilinadi.
☎️Maʼlumotlar uçun telefon: +99871 239 17 28
- 👍 1


