Uzcard omonatlardan 0,25% komissiya undirişi muhokama qilindi

Matn2-may, 2020, 15:192 daqiqa0 koʻrish

Yana Uzcard va 0,25% haqida

Iqtisodçi Otabek Bakirov özining Telegram kanalida Uzcard'ning onlayn şakllantiriladigan omonatlardan 0,25% komissiya undiriş borasidagi talabi böyiça öz fikrlarini bildirib ötdi. Xolislik nuqtai nazaridan uşbu fikrlarni ham eʼlon qilişimiz töğri böladi, menimça. Jumladan, u şunday deydi:

«Avvalambor, keça yozganimdek, Uzcard'ning mazkur narx oşiriş harakatiga Antimonopoliya baho berişi zarur. Mamlakatda işlab turgan tölov kartalarining, karta orqali tranzaksiyalarning 70-80%i Uzcard'ga tegişli va barça belgilari böyiça bu kompaniya monopol mavqega ega. Monopolistning özboşimçalik bilan tösatdan yangi tarif belgilaşi isteʼmolçilarga ham, elektron tölov tizimi iştirokçilari faoliyatiga ham ziyon va qöşimça xarajat keltiradi.

Ikkinçidan, Uzcard fuqarolar lazeykadan foydalanayotganini aytayotgan ekan, keling, kartadan onlayn omonatga emas, onlayn omonat tanidan hamyonga pul ötkazişda komissiya örnatilsin, banklar şu komissiyani Uzcard'ga tölab bersin. Şunda haqiqiy omonatçi bilan lazeykadan foydalanayotgan "omonatçi" farqi körinadi, qoladi.

Çunki, uçinçidan, nazarimda, kompaniyaning asl maqsadi reklama huquqida tarqatilayotgan matnlarda yozilganidek soliq tölattiriş ham emas, hamyon lazeykasini işlatayotganlarni jazolaş ham emas. Maqsad faqat foyda, monopol imkon borida milliard-milliard qöşimça foyda işlab qoliş. Nazarimda, Uzcard aprel oyida karantin davrida mamlakat böyiça qança onlayn omonat şakllanganini körib, şu qarorga kelgan. Çötga solgan va qança bebiliska foyda işlaşi mumkinligini xomçötlagan. Banklar qayoqqa ham borardi, axir ularda uşbu ultimatumni qabul qilişdan özga çora yöq. Markaziy bank esa aralaşa olmaydi, çunki agar aralaşsa, Humo foydasiga iş qilinayapti, voy-dod deya ayyuhannos solinadi.

Törtinçidan, nega talab qilinayotgan komissiya 0,25%. Ruslarda "po koçanu" degan ibora bor. Ular şuni istaşdi, tamom. Heç qanday kalkulyatsiya, hisob-kitobsiz, ölçovsiz. Uzcard'ning iştahasi hozir şunday», - deydi Otabek Bakirov.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek