Uzcard onlayn-omonatlar uçun tölovni qayta tikladi
Uzcard YAUPM 1-maydan boşlab onlayn-omonatlar böyiça banklardan 0.25 foiz miqdorida tölov olişini maʼlum qilib, banklarga tegişli xat jönatibdi.
Kompaniya boş direktori Ahror Mahmudovning maʼlum qilişiça, onlayn-omonatlar va onlayn-konversiya xizmatlarini ommalaştiriş maqsadida, ular böyiça tölovlarni 2018-yil 6-sentabrdan bekor qilgan edi. Uşbu çoralar 2019-yilga ham uzaytirilgan edi, lekin kompaniyaning aytişiça, banklarning uşbu imtiyozlardan boşqa tijoriy maqsadlarda foydalanişi holatlari uçragan.
Direktorning gaplariga köra, ikki-uç oy davomida tranzaksiyalar örganilgan va şunda köplab banklar uşbu xizmatdan boşqa tijoriy maqsadlarda foydalanayotganligi aniq bölgan.
«Banklar davlat oldidagi soliq tölovlarini va Uzcard komissiyalarini çetlab ötiş holatlari kuzatildi», — degan Mahmudov.


