HUMO kartalari bilan boğliq vaziyatga rasmiy izoh berildi

Matn8-may, 2020, 22:162 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

HUMO kartalari bilan boğliq vaziyat böyiça rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda barça pensiya oluvçilarining HUMO kartalariga ötkazilişi töğrisidagi xabarlar faol tarqalmoqda. Ammo aytiş joizki, qay turdagi kartani çiqariş va uni kimga berişga oid qarorlar bank faoliyati doirasida qabul qilinadi.

MBPM kartalarni faqatgina bank tomonidan berilgan buyurtmadagi miqdorga asoslanib çiqaradi.
Bugungi kungaça, Xalq banki maʼlumotiga köra, pensiya oluvçilar uçun jami 1 228 000 (bir million ikki yuz yigirma sakkiz ming) karta çiqarilgan, ulardan faqat 391 000tasi, yaʼni 32%i HUMO kartalaridir.

7 va 8-may kunlari, soat 11:00-dan 13:00 oraliğida POS terminallari orqali tölovlarni amalga oşirişda qiyinçiliklar kuzatildi. Bunga - pul mablağlarini pensiya kartalariga ötkaziş operatsiyalarining şiddatli ravişda ösişi, şuningdek bank kassalari va bankomatlari orqali pul mablağlarini naqdlaştiriş xizmatlariga talabning yuqoriligi sabab böldi.

Bularning barçasi keskin va qisqa muddali nosozliklarga, yaʼni natijasiz bank operatsiyalari sonining ösişiga sabab böldi. Ammo bu vaziyat bankomatlar yoki elektron tölov tizimilari faoliyatiga taʼsir körsatmadi.

Ayni damda, protsessing markazi quvvatlarini kengaytiriş va dasturiy taʼminotni yaxşilaş böyiça uzluksiz iş olib borilmoqda.

Karta egalari uçun qöşimça qulayliklar yaratiş uçun MBPM Xalq banki bilan hamkorlikda pensiya oluvçi mijozlarga xizmat körsatiş böyiça işlar yanada takomillaştirilmoqda: bankomatlar hududiy qayta örnatilmoqda, qöşimça kassalar oçilmoqda.

“Karta egalariga yuzaga kelgan vaziyat uçun uzrlarimizni bildiramiz. HUMO – nisbatan yangi tizim, uni takomillaştiriş böyiça işlar davom ettirilmoqda. Biz bor kuçimiz bilan mijozlarimiz işonçini oqlaşga va bu tizimni imkon qadar qulay va işonçli qilişga harakat qilyapmiz”, - deya taʼkidladi, “Milliy banklararo protsessing markazi” MÇJ  direktori Şuhratbek Qurbonov.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek