Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Xalq banki raisi pensiya tizimidagi daromaddan nolidi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Manba:davletovuz

​​Xalq banki Boşqaruvi raisi Abdurasul Abdullayev fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya tizimi böyiça inflyatsiya körsatkiçidan yuqori daromad tölay olmayotganidan, bu holat davom etsa, bankrot bölişi mumkinligidan nolibdi. Uning aytişiça, 2017-yilda jamğarib boriladigan pensiya tizimidagi mablağlarni joylaştirişdan örtaça 7,6 foizdan daromad olinibdi.

Avvalambor, agar şunday bölsa, bunday samarasizlik sababini faqat rahbariyatdan izlaş kerak. Özbekiston davlat banklarida topşiriq bajaruvçiga aylangan amaldorlarni menejerlarga almaştiriş/aylantiriş vaqti allaqaçon kelgan. Soliq tölovçilar bu boqimanda davlat banklarini öz hisobidan "soderjat" qilayotgani yetmayotganidek, "men nima qilay, biz soldatmiz" tipidagi samarasiz menejmentni ham böyniga yuk qilib kötarib yurişga majbur emas.

Ikkinçidan, Xalq banki jamğarib boriladigan pensiya taʼminoti pullarini kamida qayta moliyalaş stavkasidan (hozirda 16%) boşqa banklarga joylaydi. Agar bu işning maʼmuriy xarajatlari şunçalar yuqori bölsa, demak yana savol bank menejmentiga.

Uçinçidan, bank aholining jamğarib boriladigan pensiyasini eplay olmas ekan, u holda qaysi bankda pensiya jamğarmalarni saqlaşni odamlarning öziga qöyib bergani maʼqul (nega bu haqda qonun ijodkorlariga murojaatingizda sukut saqlagansiz, bizga qoronğu). Işoning, fuqarolar Xalq bankidan samaraliroq bankni topişga salohiyati va moliyaviy bilimi yetadi.

Törtinçidan, sizga suv tekin resurs sifatida topşirib qöyilgan jamğarma mablağlari boşqa banklarga konkurs asosida taqsimot qilib, ötkazib berilsa, ahvolingiz nima böladi. Keyingi bahonangizni öylab kördingizmi?

Albatta, bularning barçasi IMHO,

Xalq bankining menejmenti Gazeta.uz saytida eʼlon qilingan material tagidagi izohlarni ham öqib qöysa yomon bölmas edi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek