Uyuşmagan yoşlar örtasida fan olimpiadalarini ötkaziş taklifi
TAKLIF: «uyuşmagan yoşlar» örtasida ham fan olimpiadalari ötkazilişi kerak
Xabaringiz bor, har yili maktab, kollej hamda akademik litsey öquvçilari örtasida fan olimpiadalari ötkaziladi. Fan olimpiadalarining nufuzini oşiriş maqsadida respublika bosqiçida dastlabki uçta örinni qölga kiritgan öquvçilar OTMga imtihonsiz budjet asosida qabul qilinadi.
Lekin masalaning boşqa tomoniga ham eʼtibor qiliş kerak. Har yili taxminan 600-700 ming nafar öquvçilar OTMga kira olmay, «köçada qoladi». Bu juda katta raqam! Ularning ayrimlari tuşkunlikka tuşmasdan, keyingi yilga yana tayyorlanişni davom ettirsa, yana baʼzi birlari bir amallab iş topib, mehnat qilişni boşlaydi, qolganlari esa Rossiyaga yöl olişadi. Yana qançadir ming nafari ota-onasining qistovi bilan turmuşga çiqib, öqiş va ilm oliş orzusidan bir umrga voz keçib qöya qoladi.
Şu örinda bir narsa öylantiradi: ayrimlar «uyuşmagan yoşlar» deb ataşni yaxşi köradigan mana şunday yuz minglab yoşlar örtasida nima uçun fan olimpiadalari ötkazilmasligi kerak? Nima uçun ularga ham qöşimça ravişda öqişga imtiyozli kiriş huquqi berilmasligi kerak? Ularning aybi omadi kelmay, öqişdan yiqilganimi?
Taklifim: öqişga kira olmagan abituriyentlar örtasida ham turli fanlardan fan olimpiadalari taşkil qiliş kerak. Va bu öqib turgan öquvçilardan alohida bölişi kerak. «Uyuşmagan yoşlar» uçun imtiyozli örinlarni ham köpaytiriş kerak, masalan, respublikada dastlabki 3 ta örin emas, balki 10 ta öringa imtihonsiz öqişga kiriş imkonini beriş kerak. Agar joriy yilda 102 ming nafardan ortiq talaba öqişga qabul qilinganini hisobga olsak, unda 100-150 nafar öquvçiga imtiyoz berilsa, «davlat qaşşoqlaşib qolmaydi». Lekin buning foydali tomonlari katta.
Avvalo öqişdan yiqilgan «uyuşmagan yoşlar» ham ilmdan uzilib qolmaydi, köngli sovib butunlay qöliga kitob uşlamaydigan bölib ketmaydi. Aksinça, mana şu fan olimpiadasi bahonasida bir neça ön minglab yoşlarni yana ilm bilan band qilib qöyiş mumkin.
Bundan taşqari ota-onalar ham farzandlarining öqişini yanada jiddiyroq nazorat qilişi, ularni ruhlantirişi uçun sabab paydo böladi.
«Uyuşmagan yoşlar» örtasidagi fan olimpiadasida iştirok etiş tartibi juda sodda bölişi kerak. Kim xohlasa qatnaşaversin. Arizalarni onlayn topşiriş imkoni bölsin. Imtihonlari katta pavilyonlarda, şaffof tarzda ötsin. OAVlarda keng yoritilsin, kerak bölsa jonli efirlar bölsin. Ana şunda imtihonsiz byudjetga kiriş imkonini beruvçi 10 ta örindan birini qölga kiritişni istagan bir neça ön minglab yoşlar örtasida haqiqiy bilimlar «jangini» uyuştiriş, katta intellektual bayramni taşkil qiliş mumkin. Mandat kuni öqişga kira olmaganini körgan va özini dunyodagi eng omadsiz inson deb his qilgan yoşlar közida işonç uyğonsin, hayotga qiziqişi yana qayta paydo bölsin. Bu esa faqat va faqat jamiyat uçun foyda böladi, zarar emas.
Albatta bularning barçasi IMHO.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

