Respublika olimpiadasi ğoliblari byudjetga kiradimi

Matn16-may, 2019, 12:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Joriy yilgi respublika olimpiadalari ğoliblari byudjetga kiradimi?

Bu yilgi respublika fan olimpiada g'oliblari OTM larga imtiyozli qabul qilinadimi? Yoki qaror bu yilgi olimpiadaga ham amal qiladimi?

JAVOB: Ha, joriy yilgi ğoliblar imtiyozli ravişda imtihonsiz byudjetga öqişga kiradi.

Axir yaqinda çiqqan Prezident qarorida respublika fan olimpiadalari ğoliblariga öşa fandan maksimal ball beradigan sertifikat beriş tartibi belgilandiku, deysizmi?

Ha, şunday. 03.05.2019-yildagi PQ-4306-sonli Prezident qarorining 4-bandiga binoan, 2019/2020 öquv yilidan boşlab asosiy olimpiadalarning respublika bosqiçida 1 — 3 örinlarni egallagan iştirokçilarga ixtisoslik fani böyiça davlat oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida maksimal ball oliş huquqini beruvçi va uç yil muddat davomida amal qiluvçi sertifikat taqdim qilinadi. Avvalgidek imtihonsiz byudjetga öqişga kirişlar bölmaydi.

Lekin köpçilik mazkur banddagi «2019/2020-yildan» degan joyini biroz notöğri tuşunmoqda. Bu yerda sertifikat beriş tartibi keyingi öquv yilidan boşlanadi, deyilmoqda. Demak, joriy yilgi, yaʼni 2018/2019-yilgi öquv yili doirasida ötkazilgan olimpiadalarda bunaqa sertifikat berilmaydi va şu paytgaça amal qilib kelgan imtiyoz saqlanib qoladi.

Xulosa: yaqin orada respublika bosqiçi bölib ötadigan fan olimpiadalarining 1-3 örin sohiblari OTMlarga imtihonsiz davlat granti asosida qabul qilinadi.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek