Piyodalar uçun ölim xavfi bor 6 ta tuzoq

Matn15-may, 2019, 20:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

TOP-6. Piyodalar uçun ölim xavfi bor tuzoqlar

Yaqinda rossiyalik Vasiliy Orlov degan video-blogerni özim uçun kaşf qildim. Uning Youtube kanalida yöl transport hodisalariga oid qiziqarli va eng asosiysi ança foydali videolar berib borilar ekan. Şunday roliklaridan birida piyodalar uçun yöllarda ölim xavfini yuzaga keltiradigan tuzoqlar haqida gapirib bergan. Birmunça köngilni xira qiladigan halokat kadrlari bölsa ham, lekin oddiy tilda, misollar bilan zör tuşuntirib qöygan.

Haqiqatdan piyodalar mavzusi har joyda bölgani kabi bizda ham öta aktual. Baʼzan odamlarimizni yöllarda özini tutişini körib, nahotki öz hayotini özi uçun bir pulga qimmat bölsa, deb hayron qolaman. Baʼzan esa öta pessimistik ruhda “bu jamiyat heç qaçon madaniyat bilan yöldan ötişni örganmasa kerak” deb qöyaman özimga-özim.

Xullas, Vasiliy Orlovning öşa roligi Özbekiston uçun ham juda aktual bölgani sababli uni özbek tiliga dublyaj qildik. Umid qilamanki, bu köpçilik uçun foydali böladi. Videoni yaqinlaringizga ham albatta tarqating, ular ham özlari uçun qimmatli xulosalarni çiqarib olişsa yaxşi bölardi. Özingizni ehtiyot qiling.

Youtube: https://youtu.be/Hw7skEMQ7_o
Mover (Tas-IX): https://mover.uz/watch/dTKAMnDm/
Original (rusça): https://youtu.be/vWJApqoukQ0

P.S.: ovozim juda unaqa çiroyli emas, qozonda bori çömiçga çiqadi, maʼzur tutasizlar ))

❗️Videoda halok bölgan inson tasvirlangan kadrlar mavjud. Asabi böşlar, yoş bolalar va homilador ayollarga köriş tavsiya etilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • ❤ 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek