Kosonsoydagi dahşatli YTH va yöllardagi jazo muqarrarligi
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0tahrirlanganManba:Muhrim / Муҳрим
Kosonsoyda dahşatli avariya bölibdi: katta tezlikdagi “Jiguli” boşqaruvni yöqotgan va yöl çetidagi 7-sinf öquvçisini majaqlab bosib ketgan. Bola qoçişga uringan, ammo “Jiguli” aynan bola qoçayotgan tomonga bosib borgan. Eng dahşati şuki, “Jiguli”ning rulida ham 14 yoşli bola bölgan. Töğri, ajaldan qoçib qutulib bölmaydi. Lekin, bilmadim, aynan şu vaziyatda va şu kabi boşqa holatlarda bunday xulosaga könolmayman. Tinç zamonda yöl çetida maktabdan uyiga (yoki uyidan maktabga) tinçgina ketayotgan şu marhum bolakay örnida har birimizning farzandimiz, ukamiz, jiyanimiz bölişi mumkinligini öylaganim sari, qonim battar qaynaydi. Tinç zamon, lekin köçada yuriş, yölni kesib ötiş qörqinçli — xavf qayerdan kelişini bilmaysan. Zamon tinç, lekin xotirjamlik yöq qandaydir. Nega bunday?
Köçalarimiz böylab katta tezlikda va betartib harakatlanayotgan hamda bu “qahramonligi”ni maqtaniş, köz-köz qiliş uçun öz qöli bilan ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirayotganlarning videolari kunda-kunora tarqalyapti. Bunday videolar kamaymayapti, “qahramonlik” darajasi esa oşgandan-oşmoqda: bir-ikki yil oldin soatiga 200 kilometr tezlikda yurganlarning videosini körib “vo!” degan olomon, endi soatiga 301 kilometrlik tezlikdan ham hayron qolmayapti. Eng yomoni, kimdir endi bu “rekord”ni uriş payida, tez orada videoisboti ham çiqsa kerak. Azartga berilgan bu odamlarni heç narsa töxtata olmayapti — na jamoatçilik nazorati, na “ştraf”lar. Na uyaliş, na qörqiş hissi bor. Nega şunday?
Javobni özim uçun taxminan bilaman: qoidabuzarlik uçun, qilmiş uçun jazo muqarrar emas. Jazo hatto oddiy E-jarima tizimi böyiça ham muqarrar emas: aslida oğirroq qoidabuzarlik yuz bergan bölsa-da, tizim masʼullari qoidabuzar haydovçiga yengilroq jazo qöllayotgani haqidagi xabarlarni ham kunda-kunora köriş odat tusiga kirib qoldi. Özbekistonda yöl-transport hodisalari favqulodda köpayayotgani yöq, qurbonlar soni haqida şunday deyiş mumkin — 10–20 yil avval qanday bölgan bölsa, vaziyat hozir taxminan şunday. Faqat YTHlar, ularning oqibatlari haqidagi xabarlar köpaygan. YTHlar ham, ularning qurbonlari soni ham sezilarli köpaymayotgani, bu qançalik ğalati eşitilmasin, yaxşi, lekin muammo şundaki, ularning soni kamaymayapti.
Kamaymaydi ham. Aşaddiy qoidabuzar haydovçi taniş-bilişlari orqali nisbatan yoki mutlaqo oson qutilib ketişini bilsa, bunga işonçi komil bölsa, YPX xodimlarining kuçi Matiz mingan kirakaşdan boşqasiga yetmaydigan bölsa, Malibu mingan kattakonni qoidabuzarligi uçun bilmasdan töxtatib qöygan YPX xodimiga uning boşliği: “Oq yöl tilab, qöyvor”, deb topşiriq berib tursa, albatta, yöllarimizda bolalar ölaveradi. Töğrisi, Olmaliqdagi öşa voqea hozir esimga tuşib, yana jiğibiyron bölyapman — biror normal odam bunaqa şarmandagarçilikdan söng oşkora uzr sörab, isteʼfo berib, qoçib ketgan bölardi, bizda bölsa şu işga aloqador hamma heç narsa bölmagandek işlab yuribdi — qanday ham yaxşi özgariş bölişi mumkin bu ahvolda?
Öylaganing sari qörqaverasan. Sen qörqaverasan. Lekin hali poyga poligoni qurib bitkazilmagan çalapoygaçilar heç narsadan qörqmaydi. Vaholanki, ularni qörqişga majbur qiliş, mening nazarimda, juda oson: ayamay jarima sol, oğirlaştiruvçi holat bölsa, “prava”dan mahrum qil va mahalladan 90 ta spravka olib kelsa ham heç qanaqa yengillik berma, taniş-bilişçilikka ham örin qoldirma. Töğri, aytişga oson. Ayniqsa, taniş-bilişçilikka örin qoldirmaslik haqidagi joyi. Lekin baribir nimadir qiliş kerak. YPX xodimlari bilan ğazabli suhbatlarda “yer dumaloq”ligini eslatiş odati bor. Xuddi şunday — agar bugun jazo muqarrarligi taʼminlanmasa, “yer dumaloq” — ertaga jazo muqarrarligini taʼminlamaganlar yoki ularning yaqinlari ayançli YTHlarning iştirokçilariga aylanadi.
Ehtimol, allaqaçon şunday bölayotgandir ham. Balki har doim şunday bölgandir. Eh...
- 👍 1673








