Şavkat Mirziyoyev maktab bitiruvçilariga tabrik yölladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganErtaga “sönggi qönğiroq”: Şavkat Mirziyoyev maktab bitiruvçilariga tabrik yölladi
Jumladan, tabrikda şunday deyiladi:
“Qadrli maktab bitiruvçilari!
Sizlarni maktab taʼlimini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umringizning yanada gözal va masʼuliyatli bosqiçiga qadam qöyayotganingiz bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Mamlakatimizdagi barça umumtaʼlim dargohlarida “sönggi qönğiroq”lar yangrab, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlaşuv tadbirlari ötkazilayotgan uşbu quvonçli va ğoyat hayajonli damlarda hammangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman.
Umid va işonç ramzi bölgan yetuklik şahodatnomalari barçangizga muborak bölsin!
Heç qaçon unutmang, kelajakda sizni yanada ulkan va masʼuliyatli marralar kutmoqda. Oldingizga aniq maqsad qöyib, bor kuç-ğayratingiz, bilim va salohiyatingiz bilan harakat qilsangiz, közlagan çöqqilarga albatta erişasiz.
Baxt va omad hamişa hamrohingiz bölsin, aziz öğil-qizlarim!
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti”.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2331





