Yöllardagi ölim va piyodalar masʼuliyati
Yil boşidan buyon yöllarda 141 kişi vafot etibdi, şularning 47tasi piyodalar aybi bilan sodir bölgan
Eng köp avariyalar aynan piyodalar aybi bilan sodir etilayotgan ekan. Yomon tomoni esa, uşbu YTHlarga piyodalar aybdor bölsa ham, lekin beçora haydovçilar javobgarlikka tortiladi yoki kamida bir umr vijdon azobida qiynaladi.
Iltimos, hurmatli fuqarolar, yöllardan insonga öxşab farosat bilan ötaylik. Baʼzi vaziyatlarda ayrimlarning yölni kesib ötişini körib, ularni “inson” deyişga til bormay qoladi.
Iltimos, hurmatli mutasaddilar, yöllarimizni piyodalar uçun xavfsiz va qulay qilib quraylik. Köp hollarda yetarli şaroit yöqligi ham avariyalarga sabab bölyapti.
P.S.: yöllarimizning rasvoligi, hatto markaziy köçalarda ham katta-katta quduqlar borligi haqida indamadim, bu alohida mavzu.
👉 @xushnudbek 👈


