Raxmat Mamatov senator etib tayinlangan

Matn19-fevral, 2020, 19:131 daqiqa0 koʻrish

Yangi vazir — senator

Aytgança, yangi vazirlikka vazir etib tayinlangan va ungaça «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi lavozimida işlab kelgan Raxmat Mamatov Prezident tomonidan salkam 1 oy oldin senatorlikka tayinlangan ekan. Ammo uşbu Farmon LexUz portalida ham, boşqa rasmiy manbalarda ham eʼlon qilinmagani uçun, bexabar ekanman.

Nogahon bugun «Mahalla» kengaşining saytida bu haqdagi xabarga közim tuşib qoldi. Xabarda aytilişiça, 2020-yil 22-yanvardagi PF-5921-sonli Prezident Farmoniga binoan, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi raisining birinçi örinbosari - Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boşqaruvi raisi Mamatov Raxmat Toşnazaroviç Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib tayinlangan.

Senatning rasmiy saytida ham bu haqda biror xabarga közim tuşmadiyu, lekin senatorlar röyxatida Raxmat Mamatov uçun alohida sahifa oçilibdi.

Şunday qilib, hozirça Prezident tomonidan rasman tayinlangan 14 nafar senator nomi maʼlum, yana 2 kişi hozirça tayinlanmadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek