Deputatlar fuqarolik beriş töğrisidagi qonunni qabul qildi

Matn19-fevral, 2020, 17:581 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Deputatlar minglab yurtdoşimizga fuqarolik berişni nazarda tutadigan qonunni qabul qildi

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2020-yil 18-fevralda ötkazilgan navbatdagi majlisida «Özbekiston Respublikasining Fuqaroligi töğrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Statistika maʼlumotlariga köra, 1991-yil sentabr oyidan bugungi kunga qadar 8249 nafar fuqaroligi bölmagan şaxs Özbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Ularning asosiy qismi — 7765 nafari (94 foizi) 2016-yil dekabr oyidan 2019-yil iyul oyiga qadar Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Qonun loyihasida 1995-yil 1-yanvarga qadar Özbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskaga ötgan, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda uşbu Qonun kuçga kirgan kunga qadar Özbekistonda yaşaş guvohnomasi asosida istiqomat qilgan şaxs, istak bildirgan taqdirda Özbekiston fuqarosi deb tan olinişi nazarda tutilgan.

Hisob-kitoblarga köra, şu tariqa 50 mingga yaqin yurtdoşlarimizning fuqarolik bilan boğliq uzoq yillardan buyon yeçilmasdan kelayotgan muammosi hal etilişi közda tutilgan.

Muhokamalardan söng deputatlar tomonidan qonun qabul qilindi va Senatga yuboriladigan böldi.

Endi senatorlar maʼqullab, Prezident imzolagandan söng, uşbu qonun kuçga kiradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek