Toşkent maktablari örtasida Zakovat musobaqasi ötkaziladi
DIQQAT! TOŞKENT ŞAHRIDAGI MAKTABLAR ÖRTASIDA “ZAKOVAT” ÖYINI BÖYIÇA “HOKIM KUBOGI” MUSOBAQASI ÖTKAZILADI
Turnirda barça turdagi umumiy örta taʼlim muassasalari, jumladan davlat, xususiy, harbiylaşgan, ixtisoslaşgan va boşqa turdagi maktab jamoalari iştirok etişi mumkin.
Mukofot jamğarmasi: Intellektual turnirida ğolib bölgan maktab jamoalari va öquvçilar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi:
1-örin: maxsus kubok, maktab uçun – 10 dona kompyuter jamlanmasi, öquvçilar uçun – planşet;
2-örin: maktab uçun – 200 dona kitoblar jamlanmasi, öquvçilar uçun – bukrider;
3-örin: maktab uçun – 100 dona kitoblar jamlanmasi, öquvçilar uçun – 10 donadan kitoblar.
Turnir 2 bosqiçda bölib ötadi:
1) saralaş (tuman) bosqiçi (24-28-fevral);
2) final (şahar) bosqiçi (10-mart).
Turnirda har bir maktabdan 8 nafar öquvçidan iborat bitta jamoa iştirok etadi. Jamoa tarkibiga 7-11-sinf öquvçilarini kiritiş mumkin.
Maktablar 23-fevralga qadar quyidagi manzil böyiça turnirda qatnaşiş uçun onlayn ariza topşirişlari hamda jamoa tarkibi haqidagi maʼlumotlarni yuborişlari lozim.
ANKETA YUBORIŞ - https://forms.gle/9YtQ7tsoM8p2mqTs6
Batafsil maʼlumot: @zakovat kanali yoki www.zakovat.tv saytida
❗️Toşkent şahridagi maktablarni uşbu intellektual turnirda qatnaşiş va özaro bilimlarini sinaşga çorlab qolaman!


