Maktablarda Zakovat toʻgaraklari tashkil etilmoqda

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalAlbom2 daqiqa0tahrirlangan

Manba:Zakovat intellektual klubi

Abdurasul Abdullayev tadbirda nutq so'zlamoqda
Maktab o'quvchilari intellektual o'yin davomida o'zaro maslahatlashmoqda
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 134-o'rta ta'lim maktabi binosi kirish qismi
O'quvchilar jamoasi savol ustida bosh qotirmoqda
Wonders nomli jamoa a'zolari o'yin jarayonida
Ko'zoynak taqqan o'quvchi qiz diqqat bilan o'yinni kuzatmoqda
Zakovat klubi logotipi tushirilgan devor oldida tadbir tashkilotchilari
O'quvchilar guruhi intellektual turnirda ishtirok etmoqda

“Zakovat” intellektual klubi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida umumtaʼlim maktablarida “Zakovat” toʻgaraklarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Bu yoʻldagi ilk qadamlardan biri sifatida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 134-oʻrta taʼlim maktabida “Zakovat” intellektual klubi oʻz faoliyatini boshladi.

Ochilish marosimida klub rahbari Abdurasul Abdullayev ishtirok etdi hamda oʻquvchi-yoshlarga oʻzining uzoq yillik tajribalaridan kelib chiqib maslahatlar berdi.

Tadbir doirasida maktab oʻquvchilari oʻrtasida maxsus turnir oʻtkazildi.

Kelgusida “Zakovat” intellektual klubi NNT koʻmagida oʻquvchilar uchun muntazam ravishda turli xil intellektual oʻyinlar tashkillashtirishga kelishib olindi.

👉 @zakovat 👈

  • 👍 4
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek