TDIUda ACCA va Pre-ACCA dasturlariga qabul boshlandi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

​​Q A B U L !

20-noyabr - imtihon!

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 3 yillik professional ACCA, yoki 4-8 oylik Pre-ACCA ingliz tili dasturlariga taklif qilamiz!

Xalqaro biznes va moliya professionali bo'lmoqchimisiz?

Shu bilan birgalikda dunyo bo'ylab ishlash imkoniyatini beruvchi xalqaro reytingida 400-talikka kiruvchi Oxford Brookes Universitetining bakalavr diplomini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’lmoqchimisiz?

Unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

ACCA dasturi xalqaro kvalifikatsiya, ya'ni mutaxassislik beruvchi professional dastur bo'lib,
• Biznes boshqaruv
• Moliyaviy xalqaro hisobot
• Audit va soliq
• Moliyaviy menejment
sohalarini xalqaro darajada o'rgatishni o'z ichiga oladi.

Dasturning 1-yili, Pre-ACCA, ingliz tilini yetarli darajagacha o'rgatishni o’z ichiga oladi.

2-yildan esa ACCA fanlari bo'yicha darslar va ACCA imtihonlariga tayyorgarlik boshlanadi.

9-ta ACCA imtihonlarini topshirib, Diplom ishi himoyasidan o’tgach, o’quvchilar Oxford Brookes universitetidan bakalavr diplomini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi.

IELTS 5.0 balldan yuqori bo'lgan sertifikat (ichki Imtihondan ozod bo'lgan holda) yoki ichki imtihonimizdan 5.0 balldan yuqori olgan abituriyentlarda to'g'ridan to'g'ri ACCA dasturida o'qish imkoniyati bo'ladi.

5.0 balldan past natija ko’rsatgan abituriyentlar Pre-ACCA dasturida ingliz tilini o’qishni boshlashadi.

Ichki imtihonimiz bepul bo’lib, 20-noyabr kuni soat 10:00 da Iqtisodiyot universiteti binosida 3-korpus 101-xonada bo’lib o’tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Olmazor ko’chasi, 183.

Imtihonga pasport bilan kiritilasiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun:

@Academy_of_Finance_bot

Telegram | Instagram

+998 94 601 82 00
®️

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek