Maktablarda Zakovat toʻgaraklari tashkil etilmoqda
Manba:Zakovat intellektual klubi
“Zakovat” intellektual klubi yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni saralash va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida umumtaʼlim maktablarida “Zakovat” toʻgaraklarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Bu yoʻldagi ilk qadamlardan biri sifatida Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 134-oʻrta taʼlim maktabida “Zakovat” intellektual klubi oʻz faoliyatini boshladi.
Ochilish marosimida klub rahbari Abdurasul Abdullayev ishtirok etdi hamda oʻquvchi-yoshlarga oʻzining uzoq yillik tajribalaridan kelib chiqib maslahatlar berdi.
Tadbir doirasida maktab oʻquvchilari oʻrtasida maxsus turnir oʻtkazildi.
Kelgusida “Zakovat” intellektual klubi NNT koʻmagida oʻquvchilar uchun muntazam ravishda turli xil intellektual oʻyinlar tashkillashtirishga kelishib olindi.
👉 @zakovat 👈
- 👍 4


