Uçta yönaliş uçun fanlar ketma-ketligi talab qilinadimi

Matn15-may, 2019, 15:462 daqiqa0 koʻrish

Uçta yönaliş uçun fanlar ketma-ketligi talab qilinadimi?

Bugun Adliya vazirligi tomonidan «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Davlat test markazi masʼullari iştirokida matbuot anjumani ötkazilibdi.

Unda «Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori muhokama qilingan.

Matbuot anjumanida DTM vakillari uçta yönalişni tanlaş böyiça izoh berar ekan, fanlar ketma-ketligi mos bölişi kerak, deya taʼkidlaşibdi.

Prezident qarori qabul qilingandan söng, uçta fan bir xil bölsa kifoya, ketma-ketlikka qaralmaydi, deya xabar bergan edim.

Bugungi gaplar köpçilikni ikkilantirib qöymoqda. Ketma-ketlikka qaraladimi yoki yöqmi?

Oldindan aytib qöyay, men taʼlim tizimida rasman işlamayman va yozganlarim rasmiy maqomga ega emas.

Bundan taşqari, qonun hujjatlarida nima deyilgan bölsa, öşa tartibni izohlaşga harakat qilaman, lekin mutasaddilar bunga amal qiladimi, yöqmi, bunisiga kafolat bermayman. Yozma qoidalar amaliyotda butunlay boşqaça talqin qilinişi mumkin.

Endi fanlar ketma-ketligi haqida. 2 ta asosga köra, bunday xulosani yozganman.

Birinçidan, 15-fevral kuni DTM tomonidan Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Loyihada «abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasalarini tanlaşda imtihon fanlari bloki va ketma-ketligining mosligi eʼtiborga olinadi» degan alohida band bor edi.

Lekin rasman imzolangan Prezident qarorida esa ketma-ketlik haqidagi band olib taşlangan. Ilk xulosa şundan edi.

Ikkinçidan, uçta yönalişni tanlaşda ketma-ketlikka qaralmasligi, loyihadagi öşa band atayin olib taşlangani töğrisida taʼlimga bevosita masʼul bölgan martabali insonlardan biri xabar qilgan edi.

Menimça, keyin rejalar yana özgarib qolgan şekilli. Yanada aniqroq taxmin qiladigan bölsak, DTM tayyorlagan texnik baza ketma-ketlikka qatʼiy rioya qilişni talab etadi, dasturiy taʼminotni özgartiriş uçun esa endi vaqt deyarli yöq. Öşançun fanlar ketma-ketligiga qaralişi taʼkidlanmoqda, menimça.

Şuningdek, masʼullar orasida barçasi ham yangiliklarni bu darajada liberal bölişidan manfaatdor emasdek göyo. “Şunçasini hazm qilib turinglar, juda erkalab ketmanglar” deyişibdi, şekilli.

Xullas örtoqlar, rasmiy maʼlumot va tuşuntiriş kerak bölsa, rasmiy taşkilotlarga murojaat qiling, rasmiy saytlariga kiring. Saytida Siz xohlagan maʼlumot bormi yoki yöqmi, ular bilan qanaqa boğlanasiz, ular Sizga tuşuntiriş beradimi, yöqmi, bunisini bilmadim.

Agar mabodo joriy yilgi qabul jarayonlarida rasman uçta yönalişni tanlaş uçun fanlar ketma-ketligiga mos bölişni talab qilişsa (çunki haliyam bir qarorga kelinmagan, mavhum bölib turibdi), unda 2 kun davomida kanalimda berilgan notöğri talqindagi xabar uçun hammadan uzr sörayman. Umid qilamanki, bu xabar natijasida heç kimga amaliy ziyon yetmadi, şunçaki Sizlarning behudaga xursand bölganingizdan xijolatdaman. Abituriyentlar foydasiga yaxşi gumonda bölibmiz, yomonroq öylaşimiz kerak ekan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek