Özbek tilida loyihasi doirasida ijtimoiy roliklar dublyaji

Matn21-oktabr, 2019, 12:111 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Özbek tilida»

Yodingizda bölsa, rus blogeri tayyorlagan yöl harakati xavfsizligiga oid bir rolikni özbek tiliga dublyaj qilgan edim. Öşanda özim uçun reja qilib qöygandim, imkonim bölsa, mana şunaqa foydali ijtimoiy roliklarni özbek tiliga tarjima qilaman, deb.

Çunki xorijda juda ham dahşatli ijtimoiy roliklar, qisqa metrajli filmlar suratga olinadi, odam körib mazza qiladi. Bizning kino va media sanoatimiz hali u darajaga çiqmagan. Özimizda suratga olinmaganga yaraşa, heç bölmasa yaxşi xorijiy işlarni özbek tiliga ögirib, eʼlon qilsak ham yomon bölmasdi, menimça.

Şunga köra, «Özbek tilida» deb nomlangan loyiha doirasida mualliflik huquqi foydalaniş uçun oçiq bölgan ijodiy işlarni özbek tilida berib borişga harakat qilamiz. Albatta boşlanişiga havaskor tarzda dublyaj qilinmoqda. Balki keyinçalik professional darajaga ham çiqarmiz.

Birinçi dublyaj – Avstraliyaning Viktoriya ştati transport hodisalari komissiya tomonidan tayyorlangan ijtimoiy rolik.

Mazkur rolikda atigi 5 km/soat tezlikni kamaytiriş orqali halokat oqibatini qay darajada keskin özgartiriş mumkinligi körsatilgan. Tasavvur qilyapsizmi, arzimasdek köringan 5 km/soat tezlik inson hayotini saqlab qolişi mumkin.

Yöllarda sekinroq yuring. Bu ham özingizning, ham özgalarning hayoti uçun foydali.

Rolikni köring va özingiz xulosa çiqaring:

https://youtu.be/A5Dgki99Xys

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek