Yöl harakati xavfsizligi böyiça BMT tarğibot kampaniyasi

Albom16-may, 2022, 13:322 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Endi juda keç»

BMTning Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Yöl harakati xavfsizligi böyiça katta tarğibot kampaniyalari ötkazib turadi. Masalan, yuqorida «Endi juda keç» şiori bilan turkum tarğibot materiallarini körib turibsiz.

Yölda xavfsizlik eng muhim qoidalariga amal qilmaslik oqibati ölim bilan tugaşi mumkinligini kreativ usulda tuşuntirmoqçi bölişgan.

1. Içişni taşlaş uçun endi juda keç
2. Sekinroq haydaş uçun endi juda keç
3. Xavfsizlik kamari taqiş uçun endi juda keç
4. Şlem kiyiş uçun endi juda keç
(motosikl haydovçilari uçun)
5. Körinarli böliş uçun endi juda keç (qoronğu payti yorqin rangli kiyim kiymaydigan piyodalar va velosipedçilar uçun)

Bizda ham şu kabi taʼsirli tarğibotlarni kuçaytiriş kerak. Özimiz bunaqa sifatli yarata olmasak, heç bölmasa xorijda qilinganlarini tarqatsak ham bölaverardi. Ammo ming afsuski, bu borada ham ança sustmiz. Özi qay darajada aççiq bölmasin, yöl harakati xavfsizligi masalasida juda qoloqmiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1232
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek