Vazirlik va idoralarda kadr siyosati reytingi joriy etiladi

Matn16-may, 2022, 10:471 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Endilikda vazirlik va idoralarda kadr siyosatini baholaş böyiça reyting joriy qilinadi

Davlat organ va taşkilotlarida kadr siyosatini yuritişni baholaş böyiça 10 ta indikatordan iborat reyting joriy qilinadi va u har 6 oyda eʼlon qilib boriladi.

Buning yordamida davlat idoralaridagi vakansiyalar töldirilişi va muddatlarga rioya qilinişi, xodimlarning qönimsizlik darajasi hamda iş muhiti baholanadi.

Reytingda qöyidagi baholaş indikatorlari va ularni hisoblaş usullaridan foydalaniladi:

▪️Asosiy indikatorlar:
➖ davlat taşkilotidagi vakansiyalar darajasi;
➖ vakant lavozimlarning yopiliş muddati;
➖ davlat taşkilotidagi qönimsizlik darajasi;
➖ inson kapitalini rivojlantiriş koeffitsiyenti;
➖ xodimlarning yuqori malaka darajasi körsatkiçi (fan nomzodi, falfasa doktori, fan doktori);
➖ xalqaro eʼtirof etilgan reyting beruvçi taşkilotlarning yuqori 500 talik röyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarni tamomlagan xodimlar soni;
➖ «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy röyxatdan ötkaziş darajasi.

▪️Qöşimça indikatorlar:
➖ maʼlumotlarni öz vaqtida va xatosiz taqdim etganlik böyiça;
➖ umumiy xodimlardagi xotin-qizlar uluşi;
➖ umumiy xodimlardagi yoşlar uluşi.

📈 Reyting baholari formula orqali 100 ballgaça asosiy va 20 ballgaça qöşimça ballari asosida aniqlanadi:

▫️ «Aʼlo» daraja — 81 balldan 100 ballgaça;
▫️ «Yaxşi» daraja — 71 balldan 80 ballgaça;
▫️ «Qoniqarli» daraja — 55 balldan 70 ballgaça;
▫️ «Qoniqarsiz» daraja — 54 ballgaça.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 475
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek