Xalqaro olimpiada ğoliblari uçun OTMga kiriş imtiyozlari
Manba:Xushnudbek.uz
Qaysi xalqaro olimpiada ğoliblari OTMga test sinovlarisiz qabul qilinadi?
3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, ğoliblari davlat OTMlariga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz qabul qilinadigan xalqaro olimpiadalar röyxati tasdiqlandi. Unga köra, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada ğoliblariga ana şunday imtiyoz beriladi:
1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2. Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3. Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
4. Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5. Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)
Izoh: mazkur röyxatda keltirilmagan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari maqomi asosiy olimpiadalarning respublika bosqiçiga tenglaştiriladi va ular röyxati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
Bu nima degani?
Yaʼni yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boşqa barçasida ğolib bölgan öquvçilarga test sinovisiz öqişga kiriş huquqi berilmaydi, balki qaysi fandan ğolib bölgan bölsa, faqat öşa fandan maksimal ball beriladi.
Aytaylik, barçamizga yaxşi taniş bölgan Mendeleyev xalqaro kimyo olimpiadasida ğolib bölgan öquvçi OTMga hujjat topşirsa, unga test sinovlarida kimyo fanidan maksimall ball beriladi, lekin qolgan 2 ta fanini özi işlaşiga töğri keladi.
Kanalga ulaniş:
👉 @xushnudbek 👈


