Xitoydan özbekistonliklarni olib keliş uçun reyslar belgilandi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Manba:davletovuz
Aytişlariça, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Xitoydan özbekistonliklarni olib keliş uçun dastlabki reyslar 4-5-fevral kunlari amalga oşiriladi.
Koronavirusning Özbekistonga kirib kelişining oldini oliş, mamlakatimiz aholisini uşbu global epidemiyadan jiddiy himoya qiliş maqsadida Xitoydan qaytariladigan vatandoşlarimiz Toşkent şahri va viloyatida tayyorlangan maxsus tibbiyot muassasasiga joylaştiriladi. Ular ikki hafta davomida karantin ostida saqlanar ekan.
P.S.: Özbekiston fuqarolarining Xitoydan evakuatsiya qilinişi bilan boğliq xabarlar ostida bildirilayotgan qarama-qarşi fikrlar fonida hukumatning bunday qarorga kelişini xalqparvarlik nuqtai nazaridan ijobiy baholaş mumkin. Xitoydagi vatandoşlarimizning ayni paytdagi taqdiriga befarq qarab bölmaydi.
Ular ham sizu bizga öxşagan şu yurtning farzandi. Bu harakat mamlakatimiz aholisi qayerda bölişidan qatʼi nazar Özbekiston Respublikasi himoyasida ekanining amaldagi ifodasidir. Albatta, IMHO.


