Xitoydan kelgan özbekistonliklar karantinga olinadi

Matn4-fevral, 2020, 15:211 daqiqa0 koʻrish

Xitoydan olib kelinadigan özbekistonliklar Toşkent şahri va viloyatidagi maxsus jihozlangan kasalxonalarga joylaştiriladi

Qayd etilişiça, mazkur muassasalar töliq karantin talablari asosida jihozlangan. Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilgan, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflaş materiallari, şuningdek, şaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan.

Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan şahri va Xitoyning boşqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bölib, muntazam tibbiy tekşiruvlardan ötkaziladi.
Şuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barça kerakli maişiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanadi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda Uxan şahri va Xitoyning boşqa hududlaridan olib kelinadigan özbekistonliklar ikki hafta davomida karantin ostida saqlanadi. Uşbu vaqt davomida ularning oila aʼzolari bilan uçraşişi taqiqlanadi. Yaqinlari bilan faqat maxsus telefon aloqasi orqali muloqot qilişi mumkin böladi.

Özbekiston fuqarolarini Uxan şahri va Xitoyning boşqa hududlaridan olib keliş uçun çarter reyslar taşkil etildi. Uşbu çarter reyslarning dastlabkisi 4, 5-fevral kunlari amalga oşiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek