Xalqaro olimpiada ğoliblariga beriladigan mukofotlar
Yuqorida nomlari zikr etilgan va dunyoda tan olingan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ğolib bölgan (oltin medal) öquvçiga 111 mln söm, uni tayyorlagan öqituvçiga esa 100 mln söm bir martalik mukofot beriladi.
Şuningdek, öşa öquvçini tayyorlagan öqituvçi va maktab direktorining oylik iş haqiga 200%lik ustama belgilanadi.
Butun dunyoda minglab xalqaro maqomdagi olipiadalar bor. Ularning aksariyati şunçaki tijoriy maqomda, yaʼni pulini tölasangiz istaganida qatnaşa olasiz. Köpçiligi hatto oçiq maqomda, ariza bersangiz kifoya, qatnaşasiz. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan öquv markazlari ota-onasining puli va imkoni bor öquvçilarini turli musobaqalarga olib borişadi. Har hafta bunaqa turnirlarda yuzlab uka-singillarimiz qatnaşib, turli medallarni ham olib keladi. Lekin bu dunyo tan olgan xalqaro fan olimpiadasi degani emas.
👉 @xushnudbek 👈

