Koronavirus bemorlarini davolaşning yangi tartibi

Matn30-iyun, 2020, 11:491 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar 3 toifaga ajratilmoqda

Koronavirus yuqtirgan bemorlarni davolaş va karantinda saqlaşni tartibga soliş maqsadida bemorlar quyidagi 3 toifaga ajratilmoqda:

1️⃣ koronavirus infeksiyasining yengil şakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz ötayotgan) bemorlar;
2️⃣ koronavirus infeksiyasi örtaça oğir keçayotgan (tana harorati kötarilayotgan) bemorlar;
3️⃣ koronavirus infeksiyasi oğir keçayotgan bemorlar.

Şu munosabat bilan joriy yil 5-iyul sanasidan boşlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolaş bilan boğliq quyidagilarni nazarda tutuvçi yangiça tartib joriy etilmoqda:

➖ kasallik alomatlarisiz keçayotgan yengil şakldagi bemorlar şifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalari hamda parvariş uçun zarur şaroitlar mavjud bölganda, uy şaroitida davolanişiga ruxsat etiladi;

➖ şifoxonalarda va uy şaroitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz keçayotgan yengil şakldagi bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan çiqariş amaliyoti joriy etiladi;

➖ koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan birlamçi muloqotda bölganlarni 14 kunlik karantin muddatini uy şaroitida yoki tasdiqlangan röyxatga asosan mehmonxonalarda barça sanitariya-epidemiologiya va karantin çeklovlariga rioya etgan holda ötkazişga ruxsat beriladi.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, Kasallik alomatlarisiz keçayotgan yengil şakldagi bemorlarni uy şaroitida davolaş va parvarişlaş tartibi işlab çiqiladi hamda qabul qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek