Özbekistonda koronavirusdan ön töqqizinçi ölim qayd etildi
⚡️Ön töqqizinçi ölim: koronavirusga çalingan va xorijdan çarter reys bilan kelgan fuqaro vafot etdi
Samarqandlik A. şu yilning 27-may kuni Sankt -Peterburgdan çarter reys orqali yurtimizga kelgan va Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingandi. Unda joriy yilning 1-iyun kuni “Covid-19” infeksiyasi tasdiqlanib, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga yotqizilgan.
Koronavirus infeksiyasiga çalingan uşbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida ötkir leykoz, surunkali anemiya oğir darajasi va nafas yetişmovçiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.
Şu yilning 1-iyun kuni bemorning ahvoli oğirlaşib, reanimatsiya bölimiga ötkazilgan.
Biroq körsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.
Yurtdoşimizni Alloh öz rahmatiga olgan bölsin. Qolgan bemorlarga şifo bersin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

