Donald Tramp Şavkat Mirziyoyevga maktub yölladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganAQŞ Prezidenti Donald Tramp Şavkat Mirziyoyevga maktub yölladi.
Donald Tramp Şavkat Mirziyoyevga va 2020-yil 1-may kuni Sardoba suv omborining töğoni qisman qulaşi oqibatida jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan.
Uning qayd etişiça, suv ostida qolgan uylar, köçirilgan aholi, vayron bölgan yöllar va fermer xöjaliklari tasvirlarini köriş qalbni larzaga soladi.
“Şaxsiy eʼtibor va tezkor çoralar köriş orqali Siz liderlik xususiyatlarni namoyiş etdingiz. Davlat departamenti va AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi ham uşbu fojiaga javoban darhol çora kördilar va kömak körsatişga qaratilgan saʼy-harakatlarimiz uçun mablağ ajratdilar. Amerika Qöşma Ştatlari uşbu muşkul paytda Özbekiston va uning xalqiga yelkadoşdir”, deydi Donald Tramp.
Oq uy rahbari, şu bilan birga, davlatlar koronavirusga qarşi kuraşda birgalikda iş olib borar ekan, uşbu mudhiş pandemiyaga qarşi çora-tadbirlar uçun yordam böyiça Özbekiston hukumatining sörovi tez fursatlarda körib çiqilişini taʼminlaş uçun öz maʼmuriyatiga körsatma berganini qayd etgan.
👉 @xushnudbek 👈
- ❤ 1



