Abdulaziz Kamilovning Ukraina böyiça bayonoti rezonans berdi
Manba:davletovuz
Taşqi işlar vazirimiz Abdulaziz Kamilovning Ukraina atrofidagi vaziyat böyiça bayonoti nafaqat Özbekiston, balki MDH mamlakatlari va undan yiroqlarda ham katta rezonansga sabab böldi. Buni ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan, izohlardan ham köriş mumkin. Vazirning sözlari köpçilikni öylantirib kelayotgan muammoga, zamonaviy til bilin aytganda, “i” ustiga nuqta qöydi. Özbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinçi bölib, Ukrainaning hududiy yaxlitligini qatʼiy va oçiqçasiga qöllab-quvvatladi, DXR va LXR deb deb nom olgan sunʼiy tuzilmalar tan olinmasligini taʼkidladi.
Abdulaziz Hafizoviç haqiqiy diplomat sifatida Ukrainaning hududiy yaxlitligini tan olgan holda Rossiyaga qarata qanaqadir keskin bayonot bildirmadi, Özbekiston Rossiyaga qarşi emas, balki bahs-munozaralarning uruş yöli bilan hal qilinişiga qarşi, xolos. Bu qayta-qayta taʼkidlanyapti. Özbekiston nima degan taqdirda ham xalqaro hamjamiyat, avvalo, BMT Ukraina hududida taşkil etilgan sunʼiy tuzilmalarni tan olmasdi. Buyam hayotiy haqiqat.
Afsuski, hozir Rossiya bunday bayonotlarni juda oğir oladi, erta-indin rus propaganda telekanallari va internet naşrlarida Özbekistonga qarşi axborot xuruji uyuştirilişi, migrantlarga qonunçilik va boşqa talablarni kuçaytirişga çaqiriqlar yangraşi mumkin. Bungayam ruhan tayyor turiş kerak.
Özbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida katta vaznga ega. Xohlaymizmi-yöqmi, taşqi işlar vazirimizning bayonoti mintaqadagi vaziyatni ham, muhitni ham özgartiradi, ikkilanib turgan boşqa qöşnilarimizga ham ruhiy dalda böladi. Özbekistonning şu maʼnoda Kremlning keskin bosimiga qaramasdan öz pozitsiyasida qatʼiy turayotganini faqat alqaş mumkin. Bugungi bayonot turli quruq gaplardan köra köproq vaznga, qadriyatga ega.
Yana bir masala. Özbekiston singari ehtiyotkor mamlakat Rossiyaning xatti-harakatlariga qarşi oçiqça bayonot berayotgan ekan, Rossiyaning Ukraina hududida olib borayotgan “maxsus operatsiyasi” çindanam yomon ketayotganligini körsatişi mumkin.
- 👍 1394

