Adliya vazirligi tizimi ixçamlaştirilmoqda
Adliya vazirligi ixçamlaştirişni özidan boşladi
Iqtisodçi Otabek Bakirov bugun eʼlon qilingan Prezident farmoni yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşibdi va men ham quyidagi fikrlarni töliq qöllab-quvvatlayman:
«Qaçonki özing ilgari surayotgan, töğri deb bilgan qaraş va ğoyalarni avval özing joriy qilsang, özing amal qilsang, keyin boşqalarda işonç paydo böladi.
Davlat va boşqaruv maʼmuriyatini ixçamlaştiriş haqida eng köp çiqişlar qilgan Adliya vazirligi tizimda yagona boşqaruvni joriy qiliş uçun Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligini bevosita Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qöşmoqda.
Natijada boşqaruv xodimlari soni 110 taga yaʼni 2,2 foizga (birgina markaziy apparat 10 foizga yaʼni 356 tadan 320 taga) qisqartiriladi.
Mazkur vazifalar bugun qabul qilingan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlaş hamda huquqiy xizmat körsatişda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonda aks etgan.
Şaxsan meni xursand qiladigani, qisqartirilayotgan ştatlarning asosiy qismini rahbar lavozimlar taşkil qiladi. Işlaydiganlardan rahbarlar soni köpayib ketgan hozirgi zamonda bu judayam muhim.
Ixçamlaştiriş butun Adliya vertikali böylab amalga oşadi. Hududlardagi Davlat xizmatlari boşqarmalari hamda Intellektual mulk markazlari hududiy adliya boşqarmalari tarkibiga ötkaziladi. Tumanlardagi davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari va yuridik xizmat körsatiş markazlari tuman adliya bölimlari bilan birlaştirilib bitta binoda faoliyat yurituvçi yagona Adliya bölimlariga aylantiriladi.
Farmonda yana bir-birini takrorlovçi vazifa va funksiyalar qayta körib çiqiş, 1990-2016-yillar oraliğida qabul qilingan hukumat qarorlari xatlovdan ötkaziş kabi masalalar ham közda tutilgan».
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 792

