Byurokratiyani kamaytiriş böyiça yangi tartiblar belgilandi
Byurokratiyani sindiriş sari navbatdagi qadam
Prezident Farmoniga köra, 2021-yil 1-iyundan boşlab:
👉 fuqarolar qayerda doimiy (vaqtinça) röyxatdan ötganidan qatʼi nazar, quyidagi davlat xizmatlari Özbekistonning istalgan hududida körsatiladi:
➖ fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş;
➖ nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş;
➖ xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş;
👉 tadbirkorlik subyekti bölgan yuridik şaxslarga davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun belgilangan yiğim va davlat boji tölovlarini tölaşda ularning vakili tomonidan naqd pul şaklida tölovni amalga oşirişga ruxsat beriladi;
👉 16 yoşga tölgan şaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berayotgan paytda bir vaqtning özida ularga davlat soliq xizmati organlarida STIR (INN) hamda jamğarib boriladigan pensiya tizimida hisob (INPS) oçiladi. 1-iyuldan boşlab esa STIR umuman bekor qilinadi, töliqligiça jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqamidan (JŞŞIR) foydalanişga ötiladi.
Özi umuman JŞŞIR (PINFL) barça davlat, bank, ijtimoiy va boşqa xizmatlarni körsatişda fuqaroning şaxsini tasdiqlovçi yagona identifikator hisoblanişi belgilandi va davlat organlari va taşkilotlari tomonidan jismoniy şaxslarni identifikatsiya qiladigan alohida raqamlarni yuritiş taqiqlanadi.
Bu degani hamma joyda davlat xizmatlari körsatilişi uçun JŞŞIR raqamni biliş kifoya böladi. Mana bu yerda JŞŞIR raqamingizni qanday bilib olişingiz mumkinligi tuşuntirilgan.
Farmonning töliq matnini ÖzAda öqişingiz mumkin: http://uza.uz/posts/251106
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 4

