Elektron davlat xizmatlari va korrupsiyaga qarşi kuraş

Matn30-iyul, 2021, 18:283 daqiqa0 koʻrish

​Zamonaviy böliş haqida

Elektron davlat xizmatlari maişiy korrupsiyaga qarşi kuraşiş uçun eng zör vosita. Hali insoniyat bundan yaxşiroq usulni öylab topmagan. Odam faktorining yöqolişi pora zanjiriga katta zarba beradi.

Böş vaqtimda Davlat interaktiv xizmatlari portalini “titkilab” ötirişni yoqtiraman. Jismoniy şaxslar uçun biror yangi davlat xizmati qöşilsa, garçi real ehtiyojim bölmasa ham öşandan foydalanib köraman.

Turli maʼlumotnomalar oliş, qayergadir navbatga turiş, nimalarnidir buyurtma beriş – bularning barçasi qiziq tuyuladi menga.

Eng foydali islohotlar haqida gap ketsa, fikrlar turliça bölişi şubhasiz. Men esa aynan davlat xizmatlari sohasidagi özgarişlarni, elektron hukumatni yaratiş bilan boğliq işlarni alohida qayd etgan bölar edim. Sababi bu bizning qon-qonimizga singib ketgan byurokratiya va ortiqça ovogarçilikka çek qöyiş uçun yordam bermoqda.

Dastlab elektron xizmatlar işga tuşganda birdan muvaffaqiyatli işlab keta olmadi. Çunki davlat taşkilotlari ham hali elektronlaşişga tayyormas edi, köp xizmatlar nomiga oçilgan, lekin işlamasdi. Odamlarda ham bunga işonç yöq edi, elektron tarzda qaysidir davlat xizmatidan foydalanişga odatlanmagan, albatta qaysidir idoraning eşigiga borib, qaysidir xizmatçining qoş-qovoğiga qaraş zarur deb öylaşardi. Elektron xizmatlarga şu qadar işonç yöq ediki, portaldan olingan elektron maʼlumotnomani çop etib, unga muhr qöydirib kelişni ham söraşardi hatto :)

Lekin davr özgardi, odamlar ham könikyapti, davlat taşkilotlari ham sekin-asta tizimini moslaştirdi, işonç paydo böladi.

Masalan, uzoqqa bormaylik, öqişga hujjat topşiriş töliq onlaynga ötdi. Boğça ham, maktab ham, bakalavr ham, magistratura ham, ikkinçi mutaxassislik ham, öqişni köçiriş ham – deyarli barçasida elektron ariza olinmoqda. “Xalqimiz tayyormas, hali bunga erta” degan gaplarning barçasi safsata bölib çiqdi.

Yoki uy oldi-sotdisi boşimga tuşganda barça kerakli hujjatlarni elektron oldim. Haftalab ovora bölib, soatlab navbatda turib “spravkalar” yiğganim yöq. Hattoki uyning kadastr hujjati ham onlayn çiqdi. Bu haqda avval ham batafsil yozgandim.

Farzandim tuğilganda davlat tomonidan beriladigan bir martalik mukofot (nafaqa) pulini oliş uçun ham onlayn ariza berdim. Bir pasda javobi çiqdi. Öşa elektron hujjat bilan istalgan Xalq bankiga borib, pulni oliş mumkin.

Notariusda yoki şifokorda navbat kutmoqçimasmisiz, unda marhamat, onlayn navbatga yoziling.

Xöööş, yana nimani aytsam. Masalan, iyul oyida 19 ming kişi doimiy (vaqtinçalik) yaşaş joyi böyiça maʼlumotni elektron olgan. 23 ming kişi pensiya (nafaqa) haqida maʼlumot olgan. Va h.k.

Aytgança, elektron xizmatdan foydalanganda amaldagi tölovning 90%i tölanadi, yaʼni taşkilotga bevosita özingiz borgandan köra, onlayn qilsangiz 10% çegirma beriladi.

Misol uçun, 1-oktabrdan tonirovka qiliş haqida arizalar faqat Yagona portal orqali qabul qilinadi va öz-özidan hozirgi narxdan 10% arzonroqqa aylanadi.

Töğri, hali bu sohada qilinadigan işlar köp. Yana juda köp davlat xizmatlarini elektronlaştiriş, buning uçun infratuzilmani tayyorlaş kerak.

Sizlarga esa elektron xizmatlardan foydalanişni tavsiya qilaman. Avval ham bir aytganimdek, zamonaviy böling, köçada XXI asrligini unutmang.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek