AQŞdan 3 million doza Moderna vaksinasi keltirildi
AQŞdan 3 million 60 doza Moderna vaksinasi keltirildi
Vaksina AQŞ tomonidan Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining COVAX dasturi doirasida beğaraz kömak tariqasida ajratilgan.
Aytiş lozimki, Moderna Qöşma Ştatlarda qöllanilayotgan 3 ta vaksinadan bittasi hisoblanadi. Şuningdek, AQŞ Kasalliklar nazorati va ularning oldini oliş böyiça markazi (CDC) maʼlumotiga köra, «Moderna» kompaniyasining vaksinasi 94 foizdan ziyod samaradorlikka ega.
Şunday qilib, jami vaksina zaxirasi 12 million 580 ming 60 dozani taşkil qilmoqda.
Ulardan:
💉370 ming dozasi "Sputnik V",
💉710 ming dozasi AstraZeneca,
💉8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
💉 3 million 60 dozasi Moderna vaksinasidir.
Hozirda yurtimizda (28-iyul holatiga köra) koronavirus infeksiyasiga qarşi jami 6 982 431 doza vaksinadan foydalanildi, 1 149 687 nafar fuqaro töliq emlandi.
SSV Matbuot xizmati
👉 @xushnudbek 👈

