17 turdagi hujjatlarni so‘rash taqiqlanishi kutilmoqda

Matn12-dekabr, 2020, 12:301 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Fuqarolardan 17ta turdagi maʼlumotnoma va hujjatlarni söraş taqiqlanişi mumkin

Keça byurokratizm va qoğozbozlikka qarşi işlab çiqilgan Prezident farmoni loyihasi haqida xabar bergandik.

Öşa loyihaga köra, 2021-yil 1-apreldan boşlab davlat organlari tomonidan jismoniy şaxslardan quyidagi maʼlumotnoma va hujjatlarni talab qilişni bekor qiliş rejalaştirilmoqda:

a) quyidagi faktlarni tasdiqlovçi:

➖ ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi;
➖ narkologiya böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi;
➖ sudlanganlik;
➖ manzil-maʼlumot axboroti;
➖ fuqaroning nomida şaxsiy uy-joy borligi yoki yöqligi;
➖ turar joyning maydoni;
➖ soliq qarzi bor yoki yöqligi;
➖ soliq tölovçi jismoniy şaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyilganligi;
➖ pensiya va nafaqa miqdori;
➖ pensiya va nafaqa oluvçilar röyxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
➖ nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi töğrisidagi;

b) quyidagi hujjatlarni:

➖ şaxsni tasdiqlovçi hujjatning nusxasi;
➖ şaxsning belgilangan şakldagi fotosurati;
➖ tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining maʼlumotnomalari;
➖ kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
➖ mehnat daftarçalari va ularning nusxalari;
➖ iş haqi va iş stajini, oliy va örta maxsus taʼlim muassasasida öqiganlikni tasdiqlovçi arxiv maʼlumotnomalarini.

Hujjat muhokamasi 25-dekabrga qadar davom etadi. Siz ham öz taklif va mulohazalaringizni bildirişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek