Haydovçilik guvohnomasini almaştiriş muddati uzaytirildi

Foto28-dekabr, 2020, 11:581 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Yangi haydovçilik guvohnomasini oliş muddati 2021-yil 31-dekabrgaça uzaytirilgan. Qayta imtihon şartmas

Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

✅ Aholiga qulay bölişi uçun, eski haydovçilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almaştiriş 2021-yil 31-dekabrga qadar davom etadi.

Yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasini oliş uçun qayta imtihon topşiriş şartmas.

Buning uçun quyidagi hujjatlar kerak böladi:

1) Pasport;
2) Eski haydovçilik guvohnomasi va talon.

Yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasini oliş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 70% (bugungi kunda 156 100 söm) miqdoridagi tölov amalga oşiriladi.

Men özim ötgan yili almaştirgandim. Vaziyatga qarab uzoği 1 soat, yöqsa yarim soat vaqtingiz ketadi xolos.

Eslatib ötamiz, yangi namunadagi haydovçilik guvohnomasiga şaxsni tasdiqlovçi hujjat maqomi berilgan. Masalan, banklarda yangi haydovçilik guvohnomasi bilan bemalol xizmat körsatişadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Internet firibgarlaridan ehtiyot böling

    01 daqiqa

  2. Navoiyda bayram archasi yonib ketdi

    01 daqiqa

Yana oʻqing